avatar
Pivot.uz | Startap va texnologiya
@pivotuzbekistan
24.04.2026 08:36
Stenford va OpenAI O‘zbekiston rahbarlarini o‘qitishni boshladi

Yurtimizdagi 25 dan ortiq yirik tashkilot rahbarlari uchun AI Leaders 2026 o‘quv dasturi boshlandi. Mashg‘ulotlar Stanford HAI, OpenAI Academy – ChatGPT yaratuvchilari (OpenAI) tomonidan tashkil etilgan ta'lim bo'limi va Silkroad Innovation Hub mutaxassislari tomonidan o‘tiladi.

Dasturda Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi kabi davlat idoralari vakillari SI imkoniyatlarini o‘rganishmoqda. Moliya sektoridan esa Kapitalbank, Xalq banki, Aloqabank, Agrobank va HUMO kabi bank rahbarlari qatnashmoqda.

Dasturga jahonning eng nufuzli ekspertlaridan biri, Google’ning sobiq direktori Piter Norvig akademik rahbarlik qilmoqda. Bu esa O‘zbekistonlik rahbarlarga sun’iy intellekt bo‘yicha dunyoning eng ilg‘or tajribasini o‘zlashtirish imkonini beradi.

emoji Batafsil Pivot.uz'da o'qing.

Instagram* | LinkedIn | X (Twitter) | Facebook* | YouTube
🔥 22
5
👍 1
🤯 1
26 2.5K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Pivot.uz | Startap va texnologiya

9.3K
Markaziy Osiyodagi startap ekotizimi, innovatsiyalar, texnologiya va iqtisodiyot yangiliklari

👉🏻 English: @pivotglobaal
👉🏻 Aloqa: @pivotuzmedia
Открыть в Telegram