avatar
Pivot.uz | Startap va texnologiya
@pivotuzbekistan
23.04.2026 19:30
Asakabank aktivlari fondlar fondi UzVC boshqaruviga o‘tkazilmoqda

O‘zbekiston bank tizimida davlat ishtirokini qisqartirish va bozor mexanizmlarini joriy etish borasidagi islohotlar doirasida "Asakabank" AJ faoliyatini tubdan isloh qilishga doir muhim qaror qabul qilindi. Mazkur hujjat bankning operatsion samaradorligini oshirish va xalqaro investitsiyaviy jozibadorligini ta’minlashga qaratilgan.

Bank balansini nomutaxassis aktivlardan xolos qilish maqsadida quyidagi choralar belgilandi:
382,6 milliard so‘mlik 4 ta yirik investitsiya loyihalari va korxonalardagi ulushlar (jumladan, "Uz CLAAS Agro" va "Yashil energiya") Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkaziladi.
780 milliard so‘mlik farmatsevtika yo‘nalishidagi loyihalar ("Asaka Farm Invest" va Asaka Farm Ventures UzVC milliy venchur fondiga topshiriladi va budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

• Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi yirik mulkiy majmua bank balansidan chiqarilib, uning qiymati xususiylashtirish dasturi mablag‘lari hisobidan bankka qoplab beriladi.

Bankning moliyaviy poydevorini mustahkamlash uchun davlat tomonidan keng ko‘lamli qo‘llab-quvvatlash choralari amalga oshiriladi:
95 million AQSH dollari: 2026-yil davomida bank ustav kapitaliga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritiladigan investitsiya miqdori.
1,98 trillion so‘m: Iqtisodiyot va moliya vazirligi oldidagi qarz majburiyatlari bank kapitalini tiklash uchun ustav kapitaliga konvertatsiya qilinishi belgilandi.
Dividend siyosati: Bankning 2024-2025 yillardagi sof foydasi dividend sifatida to‘lanmaydi, balki kapitalni mustahkamlashga yo‘naltiriladi.

Xususiylashtirish jarayonining eng muhim nuqtasi Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikdir:
• ETTB bankning 15 foiz aksiyalarini sotib olish bo‘yicha asosiy shartlarni kelishib oldi.
2026-yil 1-sentyabrgacha xalqaro maslahatchilar yordamida ushbu ulushni sotishning yakuniy narxi va investitsiya shartnomasi shartlari tasdiqlanadi.

Bank faoliyati endilikda to‘liq bozor (tijorat) tamoyillari va zamonaviy risk-menejment tizimi asosida tashkil etiladi. Bankning asosiy faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan har qanday qo‘shimcha vazifalar ijrosi to‘xtatiladi.

Ushbu qaror "Asakabank"ni zamonaviy, raqobatbardosh va xalqaro standartlarga javob beruvchi xususiy bankka aylantirish yo‘lidagi qat’iy qadamdir. Jarayonning shaffofligi "Katta to‘rtlik" (Big Four) turkumidagi xalqaro maslahatchilar tomonidan ta’minlanadi.

@pivotuzbekistan
👏 4
6 785

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Pivot.uz | Startap va texnologiya

9.3K
Markaziy Osiyodagi startap ekotizimi, innovatsiyalar, texnologiya va iqtisodiyot yangiliklari

👉🏻 English: @pivotglobaal
👉🏻 Aloqa: @pivotuzmedia
Открыть в Telegram