avatar
Pivot.uz | Startap va texnologiya
@pivotuzbekistan
22.04.2026 20:01
OpenSpot $6 millionlik baho bilan $100,000 investitsiya jalb qildi

O'zbekiston startap ekotizimi uchun xalqaro standartlardagi navbatdagi muhim kelishuv: AI yordamida turargohlarni boshqarish platformasi OpenSpot, Sarmo Ventures venchur jamg'armasidan $100,000 investitsiya jalb qildi. Mazkur raund doirasida kompaniya qiymati $6 million deb baholandi.

Avvalgi raundda amerikalik venchur jamg'arma $170,000 bergan edi, endi mahalliy Sarmo Ventures qo'shildi. Jami jalb etilgan mablag' — $270,000. Xorijiy va mahalliy investorlarning birgalikda kirib kelishi startapning turli bozorlarda ham ishonch uyg'otayotganini ko'rsatadi.

Eslatib o'tamiz 2025-yilda Sarmo Ventures Topcoach.uz, Praaktisgo.com, Kotib Legal, Navai.pro startaplariga $50,000 dan investitsiya kiritgan edi.

emoji Batafsil Pivot.uz'da o'qing

Instagram* | LinkedIn | X (Twitter) | Facebook* | YouTube
🔥 7
👍 2
12 1.5K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Pivot.uz | Startap va texnologiya

9.3K
Markaziy Osiyodagi startap ekotizimi, innovatsiyalar, texnologiya va iqtisodiyot yangiliklari

👉🏻 English: @pivotglobaal
👉🏻 Aloqa: @pivotuzmedia
Открыть в Telegram