�
“Tashabbusli budjet” — amalda!
“Tashabbusli budjet” jarayonlari 2025-yilgi 2-mavsumida g‘olib bo‘lgan loyihalar bo‘yicha hududlarda ishlar faol amalga oshirilmoqda. Ulardan ayrimlari bilan tanishishingiz mumkin:
Kogon tumanining Nurafshon mahallasida futbol maydoni tubdan yangilanib, sport inshootlari
barpo etildi;
Qorovulbozor tumanidagi 6-sonli bog‘chada 3 ta usti yopiq bolalar maydonchasi
qurildi;
Ohangaron shahrining Yoshlik mahallasida yangi bolalar maydonchasi
qurildi;
“Tashabbusli budjet” doirasida Qo‘shko‘pir tumani Ko‘nazey mahallasining 2,6 km ichki yoʻllariga
asfalt yotqizildi;
Kogon tuman tez tibbiy yordam stansiyasining yangi binosi
foydalanishga topshirildi;
Nukus tumanidagi “Diyqan arna” MFYda yangi zamonaviy sport maydonchasi
foydalanishga topshirildi.
#tashabbusli_budjet #open_budget
Telegram
| Facebook
| Instagram
| Youtube
| Х
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram