avatar
Kogon tuman hokimligi |Rasmiy kanal
@kogontumanhokimligi
06.03.2026 14:05
Nurafshon mahallasida futbol maydoni tubdan yangilanib, yangi sport inshootlari barpo etildi

Xabaringiz bor, Davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimizda yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish yangicha tizimda amalga oshirilmoqda. Ayni sohadagi ishlarni jadal rivojlantirish va bu orqali tumanimiz yoshlarini respublika qolaversa jahon arenalarida yurtimiz bayrog'ini baland ko'tarishlariga zamin yaratish maqsadida Kogon tumanida ham sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Nurafshon mahallasida joylashgan 1985-yilda qurilgan futbol maydoni shu paytga qadar qarovsiz qolib, achinarli holga tushganligi sababli tuman hokimligi hamda viloyat sport boshqarmasi tashabbusi bilan "Tashabbusli budjet" loyihasining 2025-yil 2-mavsum doirasida 1mlrd 500 mln so'm mablag' evaziga ko'rkam holga keltirildi. Jumladan futbol maydoni qayta ta'mirlanib, 1000 tomoshabin o'rniga ega o'rindiqlar o'rnatildi. Qolaversa, yugurish va yurish yo'laklari tashkil qilinib, yoritish tizimi yaxshilandi. Shuningdek zamonaviy 22x44 metr hajmdagi sun'iy qoplamali futbol maydoni hamda workout maydonchasi ham yangidan bunyod etildi.

Aytish joizki 2024-yilda hudud yoshlari sportning yunon-rum va milliy kurash yoʻnalishlari bilan shugʻullanish uchun sport kurashlari zali ham qurib foydalanishga topshirilgan edi. Ayni kunda bu maskanda 150ga yaqin yoshlar malakali trenerlar qo'l ostida professional sport bilan shu'gullanib kelishmoqda. Umuman olganda hudud yoshlari hamda aholisi uchun sport bilan shug'ullanishlari uchun barcha turdagi sharoitlar yaratildi.

Bugun, 6-mart kuni ushbu ko'rkam maskanga aylangan sport kompleksining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Ochilish marosimida tuman hokimi Otabek Qazoqov boshchiligidagi tuman mas'ullari, sport sohasi vakillari, hudud yoshlari hamda nuroniylar ishtirok etdilar.

Unda soʻz olgan tuman hokimi Otabek Qazoqov mamlakatimizda olib borilayotgan keng miqyosli islohotlarda sogʻlom va barkamol yosh avlodni tarbiyalash, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilayotganligini alohida taʼkidlab, yoshlarni sport bilan muntazam shug'ullanishga chorladi.

Majmua yil davomida sportning turli yoʻnalishlari bilan shugʻullanish, musobaqalar oʻtkazish, yuksak malakali sportchilarni tayyorlash va eng asosiysi yoshlarimizni ommaviy sport turlariga keng jalb etishga xizmat qiladi.

|Kogon tuman hokimligi rasmiy kanali

Telegram | facebook* | Youtube
1 2.5K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Kogon tuman hokimligi |Rasmiy kanal

3.7K
🇺🇿 Kogon tumani hokimligining rasmiy telegram kanali.

✍️Murojaatlar uchun: https://t.me/+fBI8e14Cu8MxZDEy

✅Axborot xizmati rahbari: @AzizQahhorov
Открыть в Telegram