avatar
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
@minecofinuz
30.07.2026 14:08


Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasida davlat ijtimoiy sugʻurtasi va pensiya taʼminoti toʻgʻrisidagi Bitim imzolandi

2026-yil 30-iyul kuni Qirgʻiziston Respublikasining Choʻlpon-Ota shahrida oʻtkazilgan oliy darajadagi uchrashuv doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirgʻiziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻrtasida davlat ijtimoiy sugʻurtasi va pensiya taʼminoti toʻgʻrisidagi Bitim imzolandi.

Batafsil
_________

Uzbekistan and Kyrgyzstan Sign Agreement on State Social Insurance and Pension Provision

On 30 July 2026, during a high-level meeting held in Cholpon-Ata, Kyrgyz Republic, the Government of the Republic of Uzbekistan and the Cabinet of Ministers of the Kyrgyz Republic signed an Agreement on State Social Insurance and Pension Provision.

More

#pensiya #agreement

Telegram | Facebook* | Instagram* | Youtube | Х
5 1.3K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
@minecofinuz
30.07.2026 13:08


2026-yilning II choragi yakunlariga ko‘ra, fuqarolarning budjet jarayoniga jalb etilishi hamda tashabbusli budjetlashtirish tadbirlari amalga oshirilishi samaradorligi va natijadorligi yuzasidan hududlar reytingi

“Tashabbusli budjet” jarayonlarida hududlar faolligini baholash maqsadida fuqarolarning budjet jarayoniga jalb etilishi hamda tashabbusli budjetlashtirish tadbirlari amalga oshirilishi samaradorligi va natijadorligi yuzasidan hududlar reytingi shakllantirildi.

Reyting natijalari bilan batafsil quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:

Batafsil

#open_budget #tashabbusli_budjet

Telegram | Facebook* | Instagram* | Youtube| Х
8 1.7K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
@minecofinuz
30.07.2026 12:50


Qurilish materiallari sanoatida ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasining yangi hamkorlik modeli — ilmiy ishlanmadan sanoat mahsulotigacha bo‘lgan ekotizm yo‘lga qo‘yildi
 
Farg‘ona viloyati misolida qurilish materiallari sanoatidagi muammolarni ilmiy- texnologik yechimlar asosida bartaraf etish hamda yangi avlod mahsulotlarini ishlab chiqarish maqsadida ilm-fan va biznes oʻrtasida hamkorlik mexanizmi dastlabki sinov “Ilmiy-texnik konsorsium” yig‘ilishi tashkil etildi.
 
Yig‘ilishda Farg‘ona viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari, Iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosari Umid Abidxadjayev, olimlar, tadqiqotchilar va 40 ga yaqin yirik qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalari, quruvchi va developerlar hamda davlat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.
 
Olimlar va tadqiqotchilar tomonidan tarmoq muammolari hamda import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarga qaratilgan 30 dan ortiq ilmiy-texnologik yechimlar taqdim etildi va pitch-sessiyalar o'tkazildi.

Jumladan, pitch-sessiyalari yakunida ilmiy-tadqiqot instituti va biznes o‘rtasida   dastlabki ilmiy-hamkorlikni yo'lga qo'yish bo'yicha muzokaralar o'tkazildi:
bazalt asosidagi innovatsion kompozit profillarni ishlab chiqarish orqali import (metall va yog‘och) o‘rnini bosuvchi  mahsulotlarni yaratish;
grafen membranalari yordamida sanoat suvini tozalash orqali mahsulot sifatini oshirish;
 mahalliy kaolinni boyitish orqali yuqori sifatli xomashyo olish hamda eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish.

Shuningdek, korxonalar muammolari asosida dastlabki “Muammolar banki” shakllantirilib, tajriba-sinov (pilot) uchun istiqbolli ishlanmalar saralab olindi va ularni loyiha sifatida amalga oshirish bo‘yicha amaliy qadamlar belgilab olindi.

Batafsil

#Qurilish #Muammolar_banki

Telegram | Facebook* | Instagram* | Youtube | Х
3
🔥 1
8 1.5K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
@minecofinuz
30.07.2026 12:17


Namangan viloyatida kelajakka hozirlik, yangi iqtisodiyot va sun’iy intellekt masalalari muhokama qilindi

Joriy yilning 28–29-iyul kunlari Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) hamkorligida Namangan viloyatida “Kelajakka tayyor iqtisodiyot sari: yangi imkoniyatlar va strategik yondashuvlar” mavzusida ikki kunlik tadbirlar o‘tkazildi. Unda mahalliy hokimyat organlari, oliy ta’lim muassasalari, IT park rezidentlari, tadbirkorlar va startapchilar ishtirok etdi.

Batafsil
_______

Topics of future readiness, the new economy, and artificial intelligence were discussed in Namangan region

On July 28-29 of this year, the Ministry of Economy and Finance, together with the United Nations Population Fund (UNFPA), held two-day events in the Namangan region on the topic "Towards a Future-Ready Economy: New Opportunities and Strategic Approaches." It was attended by local authorities, higher education institutions, IT Park residents, entrepreneurs, and startup founders.

More

#Opportunities #Institutions #AI

Telegram | Facebook* | Instagram* | Youtube | Х
🔥 2
1
7 1.6K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
@minecofinuz
30.07.2026 11:39


Soliqlar — taraqqiyotga investitsiya, iqtisodiy shaffoflik esa barqaror rivojlanish omili

To‘langan soliqlar ta’lim, sog‘liqni saqlash, pensiya ta’minoti, infratuzilma va boshqa muhim ijtimoiy yo‘nalishlarni moliyalashtirishga xizmat qiladi.

2025-yilda 2024-yilga nisbatan:
ta’lim xarajatlari — 17 foizga;
sog‘liqni saqlash xarajatlari — 19 foizga;
pensiya ta’minoti xarajatlari — 24 foizga;
madaniyat va sport xarajatlari — 29 foizga;
aholini uy-joy bilan ta’minlash xarajatlari — 34 foizga oshgan.

O‘zbekistonda kuzatilmaydigan iqtisodiyot ulushi 2017-yildagi 45,6 foizdan 2025-yilda 26,9 foizgacha kamaydi.

emoji Batafsil: https://openbudget.uz/tax-statics-module

#Soliqlar #OchiqBudjet #IqtisodiyShaffoflik #RasmiyIqtisodiyot

Telegram | Facebook* | Instagram* | Youtube | Х
👍 3
🔥 2
1
5 1.9K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

26.3K
▪️www.gov.uz/imv
▪️facebook*.com/mineconomfin
▪️twitter.com/minecofinuz
▪️linkedin.com/company/minecofinuz/
▪️instagram*.com/minfinuzb

📞 +998(71)203-31-71
📍Toshkent sh., Istiqlol, 29
📧info@imv.uz
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram