avatar
Kitobxonlik jamg‘armasi
Переслано от Alisher Sadullaev
03.06.2026 09:48
“Tashabbuslar marafoni” oldidan bugungi yoshlar nimaga qiziqayotgani, qaysi muhitni izlayotgani va qayerda o‘zini ko‘rayotganini yaxshiroq tushunishni istab, “Siz kimsiz?” so‘rovnomasini o‘tkazgan edik.

27 mingga yaqin ishtirokchi orasida eng katta qism talabalar – 28%. Bu tabiiy. Chunki bugun sohada o‘zini qidirayotgan, imkoniyat izlayotgan, yangi muhitlarga ochiq qatlam aynan ular.

So‘rovnomada davlat xizmatchilari (22%), yoshlar yetakchilari (20%), maktab o‘quvchilari (15%), faol kitobxonlar (9%), tadbirkorlar (8%), volontyorlar (6%), startap asoschilari (4%), dehqon-fermer xo‘jaligi egalari (4%) va media/blog sohasi vakillari (3%) ham faol qatnashdi.

Demak, kimlardir kitob orqali o‘zgarishni xohlaydi. Kimdir tadbirkorlik yoki startaplar orqali yangi imkoniyatlar yaratmoqchi. Yana kimdir volontyorlik, xorijiy tillar yoki zamonaviy texnologiyalar orqali jamiyatga foyda keltirishni istaydi.

“Tashabbuslar marafoni”ning mazmuni ham aynan shunda – turli yo‘nalishlarda o‘zini sinab ko‘rayotgan, yangi g‘oya va tashabbuslar bilan yashayotgan yoshlarni bir maydonga jamlashda.

Bugun qadimiy va navqiron Xorazmda barchamiz orziqib kutgan “Tashabbuslar marafoni” o‘z ishini boshlaydi. Agar Sizda g‘oya, tashabbus va harakat bor bo‘lsa, imkoniyatni qo‘ldan boy bermang.

Xo‘sh, Siz kimsiz? Bizga o‘zingizni taniting!


Maydon tayyor. Marhamat, marafonga qo‘shiling!

yoshlar.gov.uz
216
avatar
Kitobxonlik jamg‘armasi
@kitobxonlikkengashi
03.06.2026 04:57
Biz Xorazmga yetib keldik!

🤩 Xorazm yoshlari, yangi gʻoyalar va kuchli netvorking`ga tayyormisiz?

📍 Bugun soat 11:00 da Lokomotiv bogʻida faol yoshlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtadi.

Koʻzi yonib turadigan barcha yoshlarni uchrashuvda kutib qolamiz!
🥰 3
👏 1
4 464
avatar
Kitobxonlik jamg‘armasi
@kitobxonlikkengashi
02.06.2026 17:55
📚 Hashar elga yarashar, ayniqsa, u kitob hashari bo'lsa!

O'zbekistonda yoshlar birinchi marotaba belkurak bilan emas, balki kitoblar bilan hashar qilishdi.

Bugun "Tashabbuslar marafoni" doirasida yuzlab yoshlar "1000 kitob" loyihasining navbatdagi 20 ta kitobini hududlarga jo‘natish uchun birlashdi. 180 dan ortiq mutaxassis mehnati bilan tayyorlangan ushbu kitoblar 59 ming nusxada kitobxonlar qo‘liga yetib boradi.

Tadbir yakunida kitoblar karvoni yurtimizning turli hududlari tomon yo'lga chiqdi.

Kitob hashari — ma’rifat yo‘lidagi eng chiroyli hashar.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Telegram | Instagram*
8
👏 5
🎉 2
🏆 1
2 525
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Kitobxonlik jamg‘armasi
Переслано от Yoshlar ishlari agentligi
02.06.2026 17:46
⚡️ Kutish onlari yakunlanmoqda: Ertaga Xorazmda “Tashabbuslar marafoni”ga start beriladi!

Katta harakat boshlanishiga sanoqli soatlar qoldi! Ertaga, 3-iyun kuni qadimiy va navqiron Xorazmda barchamiz orziqib kutgan “Tashabbuslar marafoni” o‘z ishini boshlaydi.

Manzil: Xiva shahridagi “Lokomotiv” istirohat bog‘i.

Aynan shu yerda yoshlarni birlashtiradigan eng yirik va kreativ loyihalar sizni kutib oladi. Tadbirkorlik, sun’iy intellekt, startap, kitobxonlik, xorijiy tillar, volontyorlik va ko‘plab boshqa yo‘nalishlarda o‘z g‘oyangizni namoyish etish, kuchli jamoa shakllantirish hamda tajribali mutaxassislar bilan yuzma-yuz muloqot qilish uchun bundan qulay fursat bo‘lmaydi!

Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Ertaga Xivada uchrashamiz! Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!

yoshlar.gov.uz
3
3 310
avatar
Kitobxonlik jamg‘armasi
Переслано от канала
02.06.2026 12:29
Jahon durdonalari: navbatdagi 20 kitob yo‘lda

Yoshlar ishlari agentligida “Tashabbuslar marafoni” doirasida “Kitob hashar” tashkil etildi.

Tadbirda Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Dilnozaxon Kattaxonova, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi Otabek Sobitov, “1000 kitob” loyihasi tarjimonlari, ekspertlari, hamkor nashriyotlar vakillari hamda faol yoshlar ishtirok etdi.

Ishtirokchilar loyiha tarjimonlari va ekspertlari bilan muloqot qilib, kitoblar yaratilishi ortidagi mehnat va tajribalar bilan yaqindan tanishdi.

Hashar davomida “1000 kitob” loyihasi doirasida chop etilgan navbatdagi 20 nomdagi kitob hududlarga jo‘natishga tayyorlandi. 59 ming nusxada nashr etilgan ushbu asarlar yaqin kunlarda yurtimiz kutubxonalariga yetib boradi.

Shuningdek, tadbir doirasida kitobxonlikka oid viktorina tashkil etildi. Faol ishtirok etgan yoshlar rag‘batlantirilib, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

“Kitob hashar” kitob atrofidagi samimiy muloqot maydoniga aylandi.


Telegram | Facebook* | Instagram* | YouTube
2
1 458
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Kitobxonlik jamg‘armasi

2.7K
Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish jamg‘armasi rasmiy Telegram kanali

Kitobxonlar, yozuvchilar va tadbirkorlar uchun davlat darajasidagi imkoniyatlar, rasmiy xabarlar va yangi loyihalar maydoni

instagram*.com/kitobxonlik_jamgarmasi
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram