⚡️
Kutish onlari yakunlanmoqda: Ertaga Xorazmda “Tashabbuslar marafoni”ga start beriladi!
Katta harakat boshlanishiga sanoqli soatlar qoldi! Ertaga, 3-iyun kuni qadimiy va navqiron Xorazmda barchamiz orziqib kutgan
“Tashabbuslar marafoni” o‘z ishini boshlaydi.
Manzil: Xiva shahridagi “Lokomotiv” istirohat bog‘i.
Aynan shu yerda yoshlarni birlashtiradigan eng yirik va kreativ loyihalar sizni kutib oladi.
Tadbirkorlik, sun’iy intellekt, startap, kitobxonlik, xorijiy tillar, volontyorlik va ko‘plab boshqa yo‘nalishlarda o‘z g‘oyangizni namoyish etish, kuchli jamoa shakllantirish hamda tajribali mutaxassislar bilan yuzma-yuz muloqot qilish uchun bundan qulay fursat bo‘lmaydi!
Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Ertaga Xivada uchrashamiz! Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!
yoshlar.gov.uz
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram