avatar
Kitobxonlik jamg‘armasi
Переслано от Alisher Sadullaev
03.06.2026 09:48
“Tashabbuslar marafoni” oldidan bugungi yoshlar nimaga qiziqayotgani, qaysi muhitni izlayotgani va qayerda o‘zini ko‘rayotganini yaxshiroq tushunishni istab, “Siz kimsiz?” so‘rovnomasini o‘tkazgan edik.

27 mingga yaqin ishtirokchi orasida eng katta qism talabalar – 28%. Bu tabiiy. Chunki bugun sohada o‘zini qidirayotgan, imkoniyat izlayotgan, yangi muhitlarga ochiq qatlam aynan ular.

So‘rovnomada davlat xizmatchilari (22%), yoshlar yetakchilari (20%), maktab o‘quvchilari (15%), faol kitobxonlar (9%), tadbirkorlar (8%), volontyorlar (6%), startap asoschilari (4%), dehqon-fermer xo‘jaligi egalari (4%) va media/blog sohasi vakillari (3%) ham faol qatnashdi.

Demak, kimlardir kitob orqali o‘zgarishni xohlaydi. Kimdir tadbirkorlik yoki startaplar orqali yangi imkoniyatlar yaratmoqchi. Yana kimdir volontyorlik, xorijiy tillar yoki zamonaviy texnologiyalar orqali jamiyatga foyda keltirishni istaydi.

“Tashabbuslar marafoni”ning mazmuni ham aynan shunda – turli yo‘nalishlarda o‘zini sinab ko‘rayotgan, yangi g‘oya va tashabbuslar bilan yashayotgan yoshlarni bir maydonga jamlashda.

Bugun qadimiy va navqiron Xorazmda barchamiz orziqib kutgan “Tashabbuslar marafoni” o‘z ishini boshlaydi. Agar Sizda g‘oya, tashabbus va harakat bor bo‘lsa, imkoniyatni qo‘ldan boy bermang.

Xo‘sh, Siz kimsiz? Bizga o‘zingizni taniting!


Maydon tayyor. Marhamat, marafonga qo‘shiling!

yoshlar.gov.uz
216

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Kitobxonlik jamg‘armasi

2.7K
Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish jamg‘armasi rasmiy Telegram kanali

Kitobxonlar, yozuvchilar va tadbirkorlar uchun davlat darajasidagi imkoniyatlar, rasmiy xabarlar va yangi loyihalar maydoni

instagram*.com/kitobxonlik_jamgarmasi
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram