avatar
Kitobxonlik jamg‘armasi
Переслано от канала
02.06.2026 12:29
Jahon durdonalari: navbatdagi 20 kitob yo‘lda

Yoshlar ishlari agentligida “Tashabbuslar marafoni” doirasida “Kitob hashar” tashkil etildi.

Tadbirda Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Dilnozaxon Kattaxonova, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi Otabek Sobitov, “1000 kitob” loyihasi tarjimonlari, ekspertlari, hamkor nashriyotlar vakillari hamda faol yoshlar ishtirok etdi.

Ishtirokchilar loyiha tarjimonlari va ekspertlari bilan muloqot qilib, kitoblar yaratilishi ortidagi mehnat va tajribalar bilan yaqindan tanishdi.

Hashar davomida “1000 kitob” loyihasi doirasida chop etilgan navbatdagi 20 nomdagi kitob hududlarga jo‘natishga tayyorlandi. 59 ming nusxada nashr etilgan ushbu asarlar yaqin kunlarda yurtimiz kutubxonalariga yetib boradi.

Shuningdek, tadbir doirasida kitobxonlikka oid viktorina tashkil etildi. Faol ishtirok etgan yoshlar rag‘batlantirilib, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

“Kitob hashar” kitob atrofidagi samimiy muloqot maydoniga aylandi.


Telegram | Facebook* | Instagram* | YouTube
2
1 458
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Kitobxonlik jamg‘armasi

2.7K
Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish jamg‘armasi rasmiy Telegram kanali

Kitobxonlar, yozuvchilar va tadbirkorlar uchun davlat darajasidagi imkoniyatlar, rasmiy xabarlar va yangi loyihalar maydoni

instagram*.com/kitobxonlik_jamgarmasi
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram