Dars ssenariylari tanlovi gʻoliblari taqdirlandi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Kelajak soati” loyihasida 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Millat fidoyilari. Xotira va qadrlash” mavzusida dars ssenariylari tanlovi
e’lon qilingan edi.
Tanlovga kelib tushgan 575 ta ssenariy maxsus ekspertlar komissiyasi tomonidan koʻrib chiqildi va
gʻoliblar roʻyxati ham e’lon qilindi.
Unga koʻra, maktabgacha ta’lim yo‘nalishi boʻyicha Dilshoda Xolmatova (Toshkent viloyati) hamda maktab ta’limi (1–4 sinf) yoʻnalishi boʻyicha Guljahon Egamqulova (Jizzax viloyati ) – smart televizor bilan;
Maktab ta’limi (5–8 sinf) yoʻnalishi boʻyicha Nigora Jumaniyazova (Qoraqalpog‘iston Respublikasi), maktab ta’limi (9–11 sinf) yoʻnalishi boʻyicha Mahbuba Nusratova (Qashqadaryo viloyati) hamda
oliy ta’lim yo‘nalishi boʻyicha Nurillo Toʻxtasinov (Toshkent shahri) – noutbuk bilan taqdirlandi.
Tanlovda faol ishtirok etgan quyidagi ishtirokchilarga vazirlik tashakkurnomasi, Kelajak soati logotipi tushirilgan maxsus merjlar va kitoblar jamlanmasi pochta orqali joʻnatildi:
Maktabgacha ta’lim (MTT):
– Mohina Xoʻjamova (Surxondaryo viloyati)
– Zamira Abdufattoyeva (Fargʻona viloyati)
– Yoqutxon Odilova (Farg‘ona viloyati)
– Oydinoy Madaminova (Andijon viloyati)
1–4-sinflar:
– Farangiz Ubaydullayeva (Toshkent shahri)
– Bibixonim Nabijonova (Sirdaryo viloyati)
5–8-sinflar:
– Mahliyo Mahmudova (Toshkent shahri )
– Ma’mura To‘rayeva (Toshkent shahri )
9–11-sinflar:
– Shahnoza Farmonova (Navoiy viloyati)
Sinfi ko‘rsatilmagan:
– Sardor Jaloliddinov (Andijon viloyati)
– Evelina Alisherovna
Tanlovda ishtirok etgan barcha ijodkorlarga samimiy minnatdorlik bildiramiz va g‘oliblarni chin dildan tabriklaymiz!
Videoning sifatli variantini
mana bu yerda tomosha qilishingiz mumkin.
Bizni kuzatib boring:
Instagram* |
Telegram |
Youtube |
Facebook*
❤ 69
👏 24
👍 10
🔥 8
🤝 4
💯 3
41 28.7K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
“Mahbub ul-qulub”, “Oʻtkan kunlar”, “Uchinchi dunyodan birinchi dunyoga” – Rektorlar qanday kitob oʻqiydi?
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori Shuhrat Sirojiddinov, Buxoro davlat texnika universiteti rektori Sadoqat Siddiqova hamda Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti rektori Rustam Xolmurodov qanday kitoblarni mutolaa qiladi? Ularning mulohozalarini va tavsiyalarini bir kontentga jamladik.
Videoning sifatli variantini
mana bu yerda tomosha qilishingiz mumkin.
Bizni kuzatib boring:
Instagram* |
Telegram |
Youtube |
Facebook*
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Uy tokchalariga, javonlarga kitoblar qoʻyib chiqardim – Zulayho Mahkamova
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova kitob mutolaasi boʻyicha bugungi kitobxonlarga muhim tavsiyalarini berdi.
Shuningdek, Prezidentimiz kitoblaridagi insonni qadrlash gʻoyasi, Marsel Breonning “Menkim, Sohibqiron – Jahongir Temur” asaridagi tarixiy haqiqatlar va oʻzbek adabiyoti namunalari haqida mulohazalarini bildirdi.
Videoning sifatli variantini
mana bu yerda ko‘rishingiz mumkin.
Bizni kuzatib boring:
Instagram* |
Telegram |
Youtube |
Facebook*
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Men abituriyentman | info-serial | 2-qism
Aka-singilning yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalari boʻylab sayohati davom etadi.
Info-serialning ikkinchi qismida Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy pedagogika universiteti bilan tanishamiz.
Videoni abituriyent yaqinlaringizga ulashing.
Info-serialning sifatli variantini
mana bu yerda tomosha qilishingiz mumkin.
Bizni kuzatib boring:
Instagram* |
Telegram |
Youtube |
Facebook*
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Usmon Azim — “Yiqildingmi?”
Yiqildingmi?... Ko‘zlaringda
Buncha alam,
Buncha alam!
Ustu boshi chang ko‘rmagan,
Dard ko‘rmagan
Erka bolam!
Shiddatingning shamoliga
Hushing bir zum
Shaydo bo‘ldi...
Sening ravon yo‘llaringda
Bu tosh qaydan
Paydo bo‘ldi?
Yoki aqling yetganmidi,
Endi toshlar
Qolmagan deb?
La’natlading, bolam meni
Yo‘ldan toshni
Olmagan deb...
Erka bolam, kechir meni,
Oqsuyagim,
Muruvvat qil!
Toshli-toshli bu dunyoda
Maysaday xor
Yashadim, bil.
Toshlar bilan kurash tushdim
Kurash bekor
Ketmagandir,
Qolgan bo‘lsa biror zil tosh,
Bolam, kuchim
Yetmagandir...
Videoning sifatli variantini
mana bu yerda tomosha qilishingiz mumkin.
Bizni kuzatib boring:
Instagram* |
Telegram |
Youtube |
Facebook*
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
“Kelajak soati” loyihasida info-serial:
“Men abituriyentman”
Gulruxsor bu yil abituriyent. U akasi bilan birgalikda yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalari boʻylab sayohat qiladi.
Info-serialning birinchi qismida otaxon bilim yurtimiz – Oʻzbekiston Milliy universiteti bilan tanishamiz.
Videoni abituriyent yaqinlaringizga ulashing.
Info-serialning sifatli variantini
mana bu yerda tomosha qilishingiz mumkin.
Bizni kuzatib boring:
Instagram* |
Telegram |
Youtube |
Facebook*
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
“Kelajak soati” loyihasi boʻyicha ustozlarning fikr va takliflari eshitildi
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod va sport maktablari hamda maktab-internatlarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Ma’naviyat yetakchisi” respublika tanlovi doirasida “Renessans” bolalar oromgohida seminar-trening tashkil etildi.
Mazkur seminar-treningda “Kelajak soati” loyihasi koordinatori Inobat Ahatova ham ishtirok etdi. Taqdimot davomida loyihaning mazmun-mohiyati, yaratilish tarixi, amalga oshirilgan ishlar hamda erishilgan natijalar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilari loyiha yuzasidan oʻz fikr va takliflarini bildirdi.
Videoning sifatli variantini
mana bu yerda tomosha qilishingiz mumkin.
Bizni kuzatib boring:
Instagram* |
Telegram |
Youtube |
Facebook*
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Prezident maktablariga qabul jarayonlari davom etmoqda
Har yili minglab ota-ona va o‘quvchilar Prezident maktablari hamda ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshiradi.
Ayni damda ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat qabul qilish muddati nihoyasiga yetgan, lekin talabgorlar Prezident maktablariga 14-iyunga qadar hujjat topshirishlari mumkin.
Bu videokontent orqali eng koʻp beriladigan savollarga javob olishingiz mumkin.
Amaldagi nizom asosida batafsil ma’lumotlarni
mana bu yerda oʻqing.
Videoning sifatli variantini
mana bu yerda ko‘rishingiz mumkin.
Bizni kuzatib boring:
Instagram* |
Telegram |
Youtube |
Facebook*
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Olg‘a, O‘zbekiston!
Futbol bo‘yicha jahon chempionatida yurtimiz sharafini himoya qiladigan futbolchilarimizni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Muxlislar maydoni” loyihasi yo‘lga qo‘yilmoqda.
Mazkur loyiha doirasida mamlakatimizning 208 ta tuman va shaharlaridagi ayrim umumta’lim maktablarida maxsus tomosha maydonlari tashkil etiladi. Ushbu joylarda barcha o‘quvchilar, ota-onalar va futbol ixlosmandlari katta ekranlar orqali terma jamoamiz o‘yinlarini jonli efirda tomosha qilishlari mumkin.
Ushbu maktablar ro‘yxati bilan
bu yerda tanishishingiz mumkin.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasining guruh bosqichidagi o‘yinlari jadvali (Toshkent vaqti bilan):
O‘zbekiston — Kolumbiya (18-iyun, soat 07:00)
O‘zbekiston — Portugaliya (23-iyun, soat 22:00)
O‘zbekiston — Kongo (28-iyun, soat 04:30)
Barchangizni jamoamizni birgalikda qo‘llab-quvvatlashga chorlaymiz!
Bizni kuzatib boring:
Instagram* |
Telegram |
Youtube |
Facebook*
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Choʻmilish xavfsizligiga oid muhim eslatmalar
Bolalar uchun ta’tildagi eng sevimli mashgʻulot – suv havzalarida choʻmilish. Lekin ehtiyotsizlik ortidan turli koʻngilsizliklar ham yuzaga kelishi mumkin. Shunday ekan, videokontentdagi eslatmalarga amal qiling.
Videoning sifatli variantini
mana bu yerda ko‘rishingiz mumkin.
Bizni kuzatib boring:
Instagram* |
Telegram |
Youtube |
Facebook*
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Oʻzbekistondagi oliy ta’lim muassasalari roʻyxati
Joriy yilda Oʻzbekistondagi 10 193 maktabda 472 436 nafar oʻquvchi 11-sinfni tamomladi. Endilikda yoshlarimiz hayotlaridagi yana bir muhim bosqich – talabalik ostonasida turibdilar.
Aziz yoshlar, kelajagingizni qaysi oliy ta’lim muassasasi bilan bogʻlamoqchisiz? Agar tanlov boʻyicha yakuniy qarorga kelgan boʻlsangiz, omad tilaymiz. Agar hali ikkilanayotgan boʻlsangiz, Oʻzbekistondagi barcha davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari roʻyxati bilan
mana bu yerda tanishishingiz mumkin.
Havolada OTMlarning rasmiy veb-saytlari ham ilova qilingan.
Siz albatta uddalaysiz!
Bizni kuzatib boring:
Instagram* |
Telegram |
Youtube |
Facebook*
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Farzandlarim bilan birgalikda kitob oʻqiyman – Gulnoza Ismoilova
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi ijrochi direktori Gulnoza Ismoilova inson dunyoqarashida kitob oʻqishning roli va kitob oʻqishga odatlanish yuzasidan oʻz mulohazalarini bildirdi. Shuningdek, u oʻsmirlik vaqtida oʻqigan va katta taassurot qoldirgan “Mehrobdan chayon” romani, ayniqsa Ra’no obraziga alohida toʻxtaldi.
Videoning sifatli variantini
mana bu yerda ko‘rishingiz mumkin.
Bizni kuzatib boring:
Instagram* |
Telegram |
Youtube |
Facebook*
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Farzandingizni eshiting
Bolalar uchun qay biri muhim: sharoit, pul yoki e’tibor?
Bugun 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni. Bu kunda bolalarga koʻproq e’tibor beraylik va ularni tinglaylik.
Videoning sifatli variantini
mana bu yerda ko‘rishingiz mumkin.
Bizni kuzatib boring:
Instagram* |
Telegram |
Youtube |
Facebook*
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Maktablardagi imtihonlar haqida nimalarni bilishimiz kerak?
Imtihon – bu faqat baho emas, balki sizning bilim, sabr va masʼuliyatingizni sinovdan oʻtkazadigan jarayondir. Qoidalardan xabardor boʻlsangiz, ortiqcha vahima kamayadi va oʻzingizni ancha erkin his qilasiz.
Batafsil
Videoning sifatli variantini
mana bu yerda ko‘rishingiz mumkin.
Bizni kuzatib boring:
Instagram* |
Telegram |
Youtube |
Facebook*
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Aziz yurtdoshlar!
“Kelajak soati” loyihasi jamoasi sizlarni muborak Qurbon hayiti bilan samimiy tabriklaydi.
Bu muqaddas ayyom mehr, saxovat va insoniylikning eng go‘zal ifodasi. Aynan shunday qadriyatlar jamiyatimizni mustahkamlaydi va biz qurayotgan kelajakning asosiga aylanadi.
Biz yoshlar bilan ishlaydigan loyiha sifatida, har biringizning orzu va intilishlaringizni qadrlaymiz. Ishonamizki, birgalikda qilinayotgan ezgu ishlarimiz orqali yanada kuchli, bilimli va birdam jamiyatni barpo etamiz.
Shu yorug‘ kunlarda har bir xonadonga fayz, qalblarga quvonch va hayotingizga yangi imkoniyatlar kirib kelsin.
Qurbon hayiti barchangizga muborak bo‘lsin!
Bizni kuzatib boring:
Instagram* |
Telegram |
Youtube |
Facebook*
❤ 174
👍 55
👏 32
🔥 9
💯 5
🤝 2
135 107.2K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Soʻnggi qoʻngʻiroq kayfiyati
Respublikamizdagi barcha maktablarda bugun yuzlab yigit-qizlar dil toʻla hayajon va orzular bilan katta hayotga uchirma boʻldi.
“Kelajak soati” loyihasi Toshkent viloyati va Toshkent shahrida joylashgan ayrim maktablardagi tadbir kayfiyatini oʻz obyektiviga muhrladi. Kun manzaralariga siz ham guvoh boʻling.
Bitiruvchilarimizga esa omad, qat’iyat va ulkan zafarlar tilaymiz!
Bizni kuzatib boring:
Instagram* |
Telegram |
Youtube |
Facebook*
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
“Siz uchun imkoniyatlar eshigi ochiq” – E’zoza Karimovadan bitiruvchilarga eksklyuziv tabrik
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova maktab bitiruvchilariga oʻz tabrigini yoʻlladi va katta hayot oldidan muhim tavsiyalarini bildirdi.
Videoning sifatli variantini
mana bu yerda koʻrishingiz mumkin.
Bizni kuzatib boring:
Instagram* |
Telegram |
Youtube |
Facebook*
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Maktab: oldin va hozir
Sun’iy intellekt orqali maktab manzaralarini ikki davrda aks ettirishga harakat qildik. Siz qaysi davr bitiruvchisi boʻlgansiz?
Bizni kuzatib boring:
Instagram* |
Telegram |
Youtube |
Facebook*
❤ 121
👍 72
🔥 16
💯 7
👏 5
🤝 2
743 122.9K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Xayr, maktabim!
“Yoshlar xori” ijrochilari bilan birgalikda maktablardagi soʻnggi qoʻngʻiroq kunining madhiyasiga aylangan “Xayr, maktabim” qoʻshigʻini ijro etamiz.
Bizni kuzatib boring:
Instagram* |
Telegram |
Youtube |
Facebook*
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ