avatar
Kelajak soati
@kelajaksoati_rasmiy
19.06.2026 04:52
Usmon Azim — “Yiqildingmi?”

Yiqildingmi?... Ko‘zlaringda
Buncha alam,
Buncha alam!
Ustu boshi chang ko‘rmagan,
Dard ko‘rmagan
Erka bolam!
Shiddatingning shamoliga
Hushing bir zum
Shaydo bo‘ldi...
Sening ravon yo‘llaringda
Bu tosh qaydan
Paydo bo‘ldi?
Yoki aqling yetganmidi,
Endi toshlar
Qolmagan deb?
La’natlading, bolam meni
Yo‘ldan toshni
Olmagan deb...
Erka bolam, kechir meni,
Oqsuyagim,
Muruvvat qil!
Toshli-toshli bu dunyoda
Maysaday xor
Yashadim, bil.
Toshlar bilan kurash tushdim
Kurash bekor
Ketmagandir,
Qolgan bo‘lsa biror zil tosh,
Bolam, kuchim
Yetmagandir...


Videoning sifatli variantini mana bu yerda tomosha qilishingiz mumkin.

Bizni kuzatib boring:
Instagram* | Telegram | Youtube | Facebook*
🔥 78
54
👍 28
👏 27
💯 1
509 102.4K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Kelajak soati

118.9K
Bog‘cha, maktab, OTMda tashkil etilgan "Kelajak soati" loyihasining rasmiy sahifasi

Youtube:
https://youtube.com/@najot2025

Instagram*:
https://www.instagram*.com/kelajaksoati

Facebook*:
https://www.facebook*.com/share/1AkqBpHWpu/
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram