avatar
Kelajak soati
@kelajaksoati_rasmiy
07.05.2026 16:31
Kelajak soati Фото: DIQQAT, TANLOV! “Kelajak soati” loyihasi uchun dars ssenariylari tanlovi o’tkaziladi! Tanlovda 7 yoshdan 70 yoshgacha bo’lgan barcha ishtirok etishi mumkin Mavzu: 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Millat fidoyilari. Xotira va qadrlash” Yoʻnalishlar va mukofotlar: 1. Maktabgacha ta’lim yoʻnalishi – gʻolib uchun smart televizor; 2. Maktab ta’limi (boshlangʻich, oʻrta va yuqori sinflar) yoʻnalishi – gʻoliblar uchun smart televizor va noutbuk; 3. Oliy ta'lim yoʻnalishi – gʻolib uchun noutbuk; Barcha yoʻnalishlar boʻyicha eng yaxshi ssenariylar jamlanmasi uchun bosh sovrin – iPhone 17 smartfoni! Dars ssenariylarini 2026-yil 10-aprelga qadar quyidagi elektron manzilga yuborishingiz talab etiladi. Tanlovga kelib tushgan ssenariylar mutaxassislar va jamoatchilik vakillaridan iborat Tanlov hay’ati tomonidan belgilangan mezonlar asosida baholanadi. Tanlov natijalari joriy yilning 1-may sanasiga qadar e’lon qilinadi. Muhim! Tanlov nizomi va “Kelajak soati” telegram kanaliga joylangan namunaviy ssenariylar bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi. Biz sizga ishonamiz! Harakatni bugundan boshlang! Bizni kuzatib boring: Instagram | Telegram | Youtube | Facebook
“Millat fidoyilari. Xotira va qadrlash” tanlovi g‘oliblari aniqlandi!

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Kelajak soati” loyihasida 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Millat fidoyilari. Xotira va qadrlash” mavzusida dars ssenariylari tanlovi e’lon qilingan edi.

Tanlov respublika bo‘ylab katta qiziqish bilan qarshi olinib, unda pedagoglar, professor-o‘qituvchilar, talabalar, o‘quvchilar va ijodkorlar faol ishtirok etdi. Tanlovga jami 575 ta ssenariy taqdim etildi.

Tanlovga taqdim etilgan ishlar maxsus ekspertlar komissiyasi tomonidan belgilangan mezonlar asosida atroflicha ko‘rib chiqildi. Baholash jarayonida mavzuning to‘liq yoritilishi, metodik yondashuv, kreativlik, interaktivlik hamda kontent sinopsislarining mavjudligiga alohida e’tibor qaratildi.
Barcha yo‘nalishlar kesimida eng munosib ishlar saralab olinib, g‘oliblar aniqlandi.

🎉 G‘oliblar va ularga beriladigan sovg‘alar bilan tanishing:

Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi:
🥇 Dilshoda Xolmatova (Toshkent viloyati) – Smart televizor
Maktab ta’limi (1–4 sinf):
🥇 Guljahon Egamqulova (Jizzax viloyati ) – Smart televizor
Maktab ta’limi (5–8 sinf):
🥇 Nigora Jumaniyazova (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) – Noutbuk
Maktab ta’limi (9–11 sinf):
🥇 Mahbuba Nusratova (Qashqadaryo viloyati) – Noutbuk
Oliy ta’lim yo‘nalishi:
🥇 Nurillo Tuxtasinov (Toshkent shahri) – Noutbuk

❗️“Eng yaxshi ssenariylar jamlanmasi” nominatsiyasi bo‘yicha yuborilgan ishlar belgilangan talablarga to‘la javob bermaganligi sababli ushbu yo’nalishda g‘olib aniqlanmadi.

Tashkilotchilar qaroriga ko‘ra, tanlovda faol ishtirok etgan bir qator ishtirokchilar qo‘shimcha rag‘batlantirishga tavsiya etildi. Quyidagi ishtirokchilar vazirlik tashakkurnomasi, Kelajak soati logotipi tushurilgan maxsus merchlar va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlanadi:

Maktabgacha ta’lim (MTT):
– Mohina Xoʻjamova (Surxondaryo viloyati)
– Zamira Abdufattoyeva (Fargʻona viloyati)
– Yoqutxon Odilova (Farg‘ona viloyati)
– Oydinoy Madaminova (Andijon viloyati)
1–4-sinflar:
– Farangiz Ubaydullayeva (Toshkent shahri)
– Bibixonim Nabijonova (Sirdaryo viloyati)
5–8-sinflar:
– Mahliyo Mahmudova (Toshkent shahri )
– Ma’mura To‘rayeva (Toshkent shahri )
9–11-sinflar:
– Shahnoza Farmonova (Navoiy viloyati)
Sinfi ko‘rsatilmagan:
– Sardor Jaloliddinov (Andijon viloyati)
– Evelina Alisherovna
 
Shuningdek, ayrim ssenariylar qayta ishlash va takomillashtirish sharti bilan metodik material sifatida foydalanish uchun tavsiya qilindi.

Tanlovda ishtirok etgan barcha ijodkorlarga samimiy minnatdorlik bildiramiz va g‘oliblarni chin dildan tabriklaymiz!

“Kelajak soati” loyihasida faol ishtirok etishda davom eting – oldinda sizni yanada qiziqarli tanlov va loyihalar kutmoqda!

Bizni kuzatib boring:
Instagram* | Telegram | Youtube | Facebook*
155
👍 29
🔥 18
💯 8
👏 1
🤝 1
108 96.9K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Kelajak soati

118.9K
Bog‘cha, maktab, OTMda tashkil etilgan "Kelajak soati" loyihasining rasmiy sahifasi

Youtube:
https://youtube.com/@najot2025

Instagram*:
https://www.instagram*.com/kelajaksoati

Facebook*:
https://www.facebook*.com/share/1AkqBpHWpu/
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram