Dars ssenariylari tanlovi gʻoliblari taqdirlandi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Kelajak soati” loyihasida 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Millat fidoyilari. Xotira va qadrlash” mavzusida dars ssenariylari tanlovi
e’lon qilingan edi.
Tanlovga kelib tushgan 575 ta ssenariy maxsus ekspertlar komissiyasi tomonidan koʻrib chiqildi va
gʻoliblar roʻyxati ham e’lon qilindi.
Unga koʻra, maktabgacha ta’lim yo‘nalishi boʻyicha Dilshoda Xolmatova (Toshkent viloyati) hamda maktab ta’limi (1–4 sinf) yoʻnalishi boʻyicha Guljahon Egamqulova (Jizzax viloyati ) – smart televizor bilan;
Maktab ta’limi (5–8 sinf) yoʻnalishi boʻyicha Nigora Jumaniyazova (Qoraqalpog‘iston Respublikasi), maktab ta’limi (9–11 sinf) yoʻnalishi boʻyicha Mahbuba Nusratova (Qashqadaryo viloyati) hamda
oliy ta’lim yo‘nalishi boʻyicha Nurillo Toʻxtasinov (Toshkent shahri) – noutbuk bilan taqdirlandi.
Tanlovda faol ishtirok etgan quyidagi ishtirokchilarga vazirlik tashakkurnomasi, Kelajak soati logotipi tushirilgan maxsus merjlar va kitoblar jamlanmasi pochta orqali joʻnatildi:
Maktabgacha ta’lim (MTT):
– Mohina Xoʻjamova (Surxondaryo viloyati)
– Zamira Abdufattoyeva (Fargʻona viloyati)
– Yoqutxon Odilova (Farg‘ona viloyati)
– Oydinoy Madaminova (Andijon viloyati)
1–4-sinflar:
– Farangiz Ubaydullayeva (Toshkent shahri)
– Bibixonim Nabijonova (Sirdaryo viloyati)
5–8-sinflar:
– Mahliyo Mahmudova (Toshkent shahri )
– Ma’mura To‘rayeva (Toshkent shahri )
9–11-sinflar:
– Shahnoza Farmonova (Navoiy viloyati)
Sinfi ko‘rsatilmagan:
– Sardor Jaloliddinov (Andijon viloyati)
– Evelina Alisherovna
Tanlovda ishtirok etgan barcha ijodkorlarga samimiy minnatdorlik bildiramiz va g‘oliblarni chin dildan tabriklaymiz!
Videoning sifatli variantini
mana bu yerda tomosha qilishingiz mumkin.
Bizni kuzatib boring:
Instagram* |
Telegram |
Youtube |
Facebook*
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram