avatar
Qashqadaryo IIB | Rasmiy kanal
@kashuvd
сегодня, 15:36
DIQQAT, EʼLON!

Xurmatli viloyatimiz fuqarolari va mehmonlari

 Joriy yilning 13-avgust kuni Qashqadaryo viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida belgilangan reja asosida o’quv amaliy mashg’ulotlari o’tkazilishi belgilangan.
Shu munosabat bilan Qashqadaryo viloyati Qarshi  shahri hududidan o’tuvchi avtomobil yo’llarida transport vositalarining harakati vaqti-vaqti bilan cheklanib, ayrim tirbandliklar yuzaga kelishi mumkin.

Barcha fuqarolardan yuzaga kelishi mumkin bo’lgan noqulayliklardan uzur so’ragan holda belgilangan tartib va qoidalarga rioya qilgan holda harakatlanishlarini so’rab qolamiz.
———
👮 Mening Inspektorim Ilovani yuklab olish:
👉
Google Play orqali yuklash
👉
App Store orqali yuklash

Telegram |   Website | Facebook* | Youtube |Instagram*| TV
17 2.3K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Qashqadaryo IIB | Rasmiy kanal
@kashuvd
сегодня, 14:23
Muhim vazifalar sarhisobi va kelgusidagi asosiy rejalar: Ichki ishlar vazirligida boʻlib oʻtgan Hayʼat yigʻilishi Respublika hududidagi kriminogen vaziyat, jinoyat va huquqbuzarliklar muhokamasiga bagʻishlandi
———
Муҳим вазифалар сарҳисоби ва келгусидаги асосий режалар: Ички ишлар вазирлигида бўлиб ўтган Ҳайъат йиғилиши Республика ҳудудидаги криминоген вазият, жиноят ва ҳуқуқбузарликлар муҳокамасига бағишланди

Website | Telegram | Facebook* | Instagram* | Youtube | Ok | TV
1.8K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Qashqadaryo IIB | Rasmiy kanal
@kashuvd
сегодня, 10:37
#Xavfsiz_va_sog'lom_yurt

Oilalarda sog‘lom muhitni mustahkamlashga qaratilgan profilaktik ishlar davom etmoqda
“Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbiri doirasida Qarshi tumanida oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash, xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash hamda oilalarda sog‘lom muhitni shakllantirishga qaratilgan profilaktik va targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Tadbirlar tuman IIB, tuman hokimligi hamda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi a’zolari hamkorligida tashkil etilmoqda. Unda “Oila — hayotning eng muhim qadriyati”, “Har bir oilada tadbirkorlik resursi” va “Zo‘ravonliksiz baxtli hayot” mavzularida tushuntirish ishlari olib borildi.

Nikohlanayotgan yoshlar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularga oilaviy mas’uliyat, o‘zaro ishonch, mehr-muhabbat va hurmatning ahamiyati, shuningdek, oilaviy nizolarning oldini olish bo‘yicha huquqiy va psixologik tushunchalar berildi. Erta turmush va erta tug‘ruqning salbiy oqibatlari yuzasidan yashash xonadonlariga borilib, fuqarolar bilan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazilib, zaruriy huquqiy va psixologik tavsiyalar berilmoqda.

Shuningdek, yoshlar va fuqarolar o‘rtasida kiberjinoyatlarning oldini olish, internet va ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz foydalanish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish hamda onlayn firibgarlik usullaridan ogoh bo‘lish bo‘yicha targ‘ibot-tushuntirish ishlari ham olib borilmoqda.

Mazkur tadbirlar orqali oilalarda sog‘lom ma’naviy-psixologik muhitni mustahkamlash, oilaviy nizolarning oldini olish, yoshlarni oilaviy hayotga puxta tayyorlash hamda fuqarolarning huquqiy va kiberxavfsizlik bo‘yicha bilimlarini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

———
👮 Mening Inspektorim Ilovani yuklab olish:
👉
Google Play orqali yuklash
👉
App Store orqali yuklash

Telegram |   Website | Facebook* | Youtube |Instagram*| TV
2 1.9K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Qashqadaryo IIB | Rasmiy kanal
@kashuvd
сегодня, 08:32
#Xavfsiz_va_sog'lom_yurt

«Ishga joylashtirib qo‘yaman» degan yolg‘on va’dalarga ishonmang!

Internet va ijtimoiy tarmoqlarda yuqori daromadli ish va’da qilib, oldindan pul talab qilayotgan firibgarlardan ehtiyot bo‘ling.
«Xizmat haqi», «ro‘yxatdan o‘tish» yoki «hujjatlarni rasmiylashtirish» uchun pul o‘tkazishdan oldin ma’lumotlarni albatta tekshiring.
———
👮 Mening Inspektorim Ilovani yuklab olish:
👉
Google Play orqali yuklash
👉
App Store orqali yuklash

Telegram |   Website | Facebook* | Youtube |Instagram*| TV
2 2K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Qashqadaryo IIB | Rasmiy kanal
@kashuvd
сегодня, 07:42
#Xavfsiz_va_sog'lom_yurt

Chiroqchi tumanida tungi xizmatga jalb qilingan YPX inspektorlari tomonidan Nexia-2 rusumli avtomashina hujjatlarini tekshirish maqsadida to'xtatilgan. Biroq, haydovchi YPX xodimining qonuniy to'xtash ishorasiga bo'ysunmasdan, voqea joyidan yashirinishga uringan.
Keyingi chorrahada xizmat olib borayotgan YPX xodimi tomonidan ham haydovchiga bir necha bor to'xtash ishorasi berilganiga qaramay, u ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talablarini bajarmasdan harakatni davom ettirib fuqarolarning sog'ligi va hayotiga real xavf tug'dirgan.
Oqibatda, patrul ekipaji tomonidan qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanib kelayotgan Nexia-2 rusumli avtomashinaning harakati xizmat avtomashinasi yordamida cheklangan. Biroq haydovchi patrul avtomashinasiga to'qnashib, yo'l-transport hodisasi sodir etgan va voqea joyidan yana yashirinishga uringan. Ko'rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida haydovchining shaxsi aniqlanib, ushlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Chiroqchi tumani IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kimda kim ushbu shaxs tomonidan sodir etilgan qo‘pol qoidabuzarliklardan jabrlangan bo‘lsa, 102 raqamiga yoki yaqin oradagi IIBga murojaat qilishingizni so‘raymiz!
———
👮 Mening Inspektorim Ilovani yuklab olish:
👉
Google Play orqali yuklash
👉
App Store orqali yuklash

Telegram |   Website | Facebook* | Youtube |Instagram*| TV
8 2.4K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Qashqadaryo IIB | Rasmiy kanal
@kashuvd
сегодня, 06:51
#Xavfsiz_va_sog'lom_yurt

Kiberxavfsizlik va kiber madaniyat — zamon talabi!
Koson tumani IIB profilaktika inspektorlari hamda sohaviy xizmat xodimlari ishtirokida IIVning 229-son farmoyishi talablari ijrosini ta’minlash, xodimlarning kiberxavfsizlik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish, kiber madaniyatni yuksaltirish hamda kiberjinoyatlarning oldini olishga qaratilgan o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida bugungi kunda keng tarqalayotgan zamonaviy kiberxavflar, internet firibgarligining turli usullari, zararli APK fayllar, shubhali havolalar va noma’lum manbalardan kelayotgan xabarlarning xavfi haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, xizmat faoliyatida axborot va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, fuqarolar bilan profilaktik ishlar olib borishda kiberxavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratish, aholining internetdan xavfsiz va oqilona foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish hamda kiberfiribgarlik qurboniga aylanib qolishning oldini olish bo‘yicha samarali usullar muhokama qilindi.
Xodimlarga fuqarolar, ayniqsa yoshlar o‘rtasida kiberogohlik va kiber madaniyatni oshirish, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish, bank karta ma’lumotlari, SMS-kodlar va boshqa shaxsiy ma’lumotlarni begona shaxslarga bermaslik yuzasidan targ‘ibot-tushuntirish ishlarini kuchaytirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
Mashg‘ulot yakunida kiberjinoyatlarning oldini olish, aholining kiberxavfsizlik borasidagi huquqiy va amaliy bilimlarini oshirish, fuqarolarni turli internet tahdidlaridan ogoh etish hamda profilaktik tadbirlarni yanada kuchaytirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab olindi.
Kiberxavfsizlik — har birimizning mas’uliyatimiz!

———
👮 Mening Inspektorim Ilovani yuklab olish:
👉
Google Play orqali yuklash
👉
App Store orqali yuklash

Telegram |   Website | Facebook* | Youtube |Instagram*| TV
3 1.8K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Qashqadaryo IIB | Rasmiy kanal
@kashuvd
сегодня, 05:55
12-avgust – Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlari xodimlari kuni
———
12 август – Ўзбекистон Республикаси давлат солиқ хизмати органлари ходимлари куни
———
12 августа - День работников органов государственной налоговой службы Республики Узбекистан


Website | Telegram | Facebook* | Instagram* | Youtube | Ok | TV
6 1.9K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Qashqadaryo IIB | Rasmiy kanal

14.8K
☑️ veb-sayt: https://qviib.uz/

☑️ Qashqadaryo viloyati IIB Ахborot xizmati rasmiy telegram kanali. https://t.me/kashuvd

☑️ Instagram*|https://www.instagram*.com/rasulova_iroda_iib/

☑️ Youtube|https://www.youtube.com/channel/UCd2bxikpjTVAng1XCrvQaiw?view
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram