Chiroqchi tumanida tungi xizmatga jalb qilingan YPX inspektorlari tomonidan Nexia-2 rusumli avtomashina hujjatlarini tekshirish maqsadida to'xtatilgan. Biroq, haydovchi YPX xodimining qonuniy to'xtash ishorasiga bo'ysunmasdan, voqea joyidan yashirinishga uringan.
Keyingi chorrahada xizmat olib borayotgan YPX xodimi tomonidan ham haydovchiga bir necha bor to'xtash ishorasi berilganiga qaramay, u ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talablarini bajarmasdan harakatni davom ettirib fuqarolarning sog'ligi va hayotiga real xavf tug'dirgan.
Oqibatda, patrul ekipaji tomonidan qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanib kelayotgan Nexia-2 rusumli avtomashinaning harakati xizmat avtomashinasi yordamida cheklangan. Biroq haydovchi patrul avtomashinasiga to'qnashib, yo'l-transport hodisasi sodir etgan va voqea joyidan yana yashirinishga uringan. Ko'rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida haydovchining shaxsi aniqlanib, ushlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Chiroqchi tumani IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram