avatar
Qashqadaryo IIB | Rasmiy kanal
@kashuvd
сегодня, 10:37
#Xavfsiz_va_sog'lom_yurt

Oilalarda sog‘lom muhitni mustahkamlashga qaratilgan profilaktik ishlar davom etmoqda
“Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbiri doirasida Qarshi tumanida oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash, xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash hamda oilalarda sog‘lom muhitni shakllantirishga qaratilgan profilaktik va targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Tadbirlar tuman IIB, tuman hokimligi hamda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi a’zolari hamkorligida tashkil etilmoqda. Unda “Oila — hayotning eng muhim qadriyati”, “Har bir oilada tadbirkorlik resursi” va “Zo‘ravonliksiz baxtli hayot” mavzularida tushuntirish ishlari olib borildi.

Nikohlanayotgan yoshlar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularga oilaviy mas’uliyat, o‘zaro ishonch, mehr-muhabbat va hurmatning ahamiyati, shuningdek, oilaviy nizolarning oldini olish bo‘yicha huquqiy va psixologik tushunchalar berildi. Erta turmush va erta tug‘ruqning salbiy oqibatlari yuzasidan yashash xonadonlariga borilib, fuqarolar bilan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazilib, zaruriy huquqiy va psixologik tavsiyalar berilmoqda.

Shuningdek, yoshlar va fuqarolar o‘rtasida kiberjinoyatlarning oldini olish, internet va ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz foydalanish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish hamda onlayn firibgarlik usullaridan ogoh bo‘lish bo‘yicha targ‘ibot-tushuntirish ishlari ham olib borilmoqda.

Mazkur tadbirlar orqali oilalarda sog‘lom ma’naviy-psixologik muhitni mustahkamlash, oilaviy nizolarning oldini olish, yoshlarni oilaviy hayotga puxta tayyorlash hamda fuqarolarning huquqiy va kiberxavfsizlik bo‘yicha bilimlarini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

———
👮 Mening Inspektorim Ilovani yuklab olish:
👉
Google Play orqali yuklash
👉
App Store orqali yuklash

Telegram |   Website | Facebook* | Youtube |Instagram*| TV
2 1.9K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Qashqadaryo IIB | Rasmiy kanal

14.8K
☑️ veb-sayt: https://qviib.uz/

☑️ Qashqadaryo viloyati IIB Ахborot xizmati rasmiy telegram kanali. https://t.me/kashuvd

☑️ Instagram*|https://www.instagram*.com/rasulova_iroda_iib/

☑️ Youtube|https://www.youtube.com/channel/UCd2bxikpjTVAng1XCrvQaiw?view
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram