Kiberxavfsizlik va kiber madaniyat — zamon talabi!
Koson tumani IIB profilaktika inspektorlari hamda sohaviy xizmat xodimlari ishtirokida IIVning 229-son farmoyishi talablari ijrosini ta’minlash, xodimlarning kiberxavfsizlik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish, kiber madaniyatni yuksaltirish hamda kiberjinoyatlarning oldini olishga qaratilgan o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida bugungi kunda keng tarqalayotgan zamonaviy kiberxavflar, internet firibgarligining turli usullari, zararli APK fayllar, shubhali havolalar va noma’lum manbalardan kelayotgan xabarlarning xavfi haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, xizmat faoliyatida axborot va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, fuqarolar bilan profilaktik ishlar olib borishda kiberxavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratish, aholining internetdan xavfsiz va oqilona foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish hamda kiberfiribgarlik qurboniga aylanib qolishning oldini olish bo‘yicha samarali usullar muhokama qilindi.
Xodimlarga fuqarolar, ayniqsa yoshlar o‘rtasida kiberogohlik va kiber madaniyatni oshirish, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish, bank karta ma’lumotlari, SMS-kodlar va boshqa shaxsiy ma’lumotlarni begona shaxslarga bermaslik yuzasidan targ‘ibot-tushuntirish ishlarini kuchaytirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
Mashg‘ulot yakunida kiberjinoyatlarning oldini olish, aholining kiberxavfsizlik borasidagi huquqiy va amaliy bilimlarini oshirish, fuqarolarni turli internet tahdidlaridan ogoh etish hamda profilaktik tadbirlarni yanada kuchaytirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab olindi.
Kiberxavfsizlik — har birimizning mas’uliyatimiz!
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram