avatar
Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
@jizzaxviloyatihokimligi
15.04.2026 16:12
Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmatchimiz Javohir Sindorov bilan telefon orqali muloqot qilib, Xalqaro shaxmat federatsiyasining Nomzodlar turnirida qozongan tarixiy gʻalabasi bilan tabrikladi.

Президент Шавкат Мирзиёев провел телефонный разговор с шахматистом Жавохиром Синдаровым и поздравил его с исторической победой на Турнире претендентов Международной шахматной федерации.

Prezident.uz|Facebook*|Instagram*|YouTube|X
30 6.9K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
@jizzaxviloyatihokimligi
15.04.2026 16:02
Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer kerakmi

2000 dan ortiq yer uchastkalarini "E-auksion.uz" orqali sotib oling!


Jizzax viloyatida 96 ta
Do'stlik tumani 72 ta
Zomin tumani 2 ta
Zafarobod tumani 10 ta
G'allaorol tumani 7 ta
Yangiobod tumani 5 ta


Barcha yerlarni ko‘rish

Ma'lumot uchun:
☎️ (71) 202 21 11

��+998992073608
��+998992072608
��https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:��

Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
6 5.4K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
@jizzaxviloyatihokimligi
15.04.2026 16:02
Senator tomonidan Jizzax viloyatida ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan yangi tashabbuslar o‘rganildi

Joriy yilning 13–14 aprel kunlari Oliy Majlis huzuridagi Parlament komissiyasi a’zolari tomonidan Jizzax viloyatining qator tumanlaridagi ijtimoiy masalalar «Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmon ijrosi doirasida kompleks tarzda o‘rganildi.

O‘rganish jarayonlarida Parlament komissiyasi a’zolari bilan bir qatorda hududiy jamoat fondi xodimlari ham ishtirok etdi. Joylardagi tizimli muammolar, aholini qiynayotgan dolzarb masalalar hamda davlat organlarining ijtimoiy buyurtmalari atroflicha tahlil qilinib, ijtimoiy ahamiyati yuqori bo‘lgan loyihalar aniqlandi hamda ularni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganishlarning asosiy maqsadi hududlardagi real ehtiyojlar va dolzarb muammolarni aniqlash hamda ularni hal etish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqishdan iborat bo‘lib, shu asosda amaliy samara beruvchi loyihalar aniq mezonlar asosida saralab olindi va kelgusida davlat grantlari orqali qo‘llab-quvvatlanishi belgilandi.

Shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa jamoat tuzilmalarining imkoniyatlaridan samarali foydalanish, ularni aholini qiynayotgan ijtimoiy muammolarni hal etish jarayoniga keng jalb qilishga alohida e’tibor qaratildi.

Hududlardagi o‘rganishlar yakuni asosida 2026-yil uchun davlat grantlari tanlovini e’lon qilish va ushbu tanlov doirasida ijtimoiy ahamiyati yuqori, amaliy natija beruvchi eng muhim va tashabbuskor loyihalarni qo‘llab-quvvatlash belgilab olindi.

Qayd etish joizki, mazkur yondashuv davlat mablag‘laridan maqsadli, samarali va shaffof foydalanishni ta’minlash, jamiyatda ochiqlik va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlarini ijtimoiy muammolarni hal etish jarayoniga keng jalb qilishga xizmat qiladi.

��https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:��

Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
3 4.9K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
@jizzaxviloyatihokimligi
15.04.2026 14:02
Zominning Peshag‘orida bir qarich yerdan uch marta hosil olinmoqda

Jizzaxdan Zominga qarab yurganlar yaxshi bilishadiki, bundan atigi besh yoki olti yil oldin adirlik va qirlardan iborat, osmondan bir tomchi suv tushishiga muhtoj bo‘lgan lalmi maydonlar ayni kunlarda katta-katta bog‘-rog‘lar va uzumzorlarga aylangan. Buning zamirida albatta katta mehnat, qunt va mashaqqat yotadi.

Katta yo‘lning yoqasidan tog‘-on bag‘rilariga tutashib ketgan Peshag‘or mahallasida yashovchilarning mehnatkashligi, yer bilan tillashishi ko‘rib, havasingiz keladi. Bugun mahalla ahli tomorqani shunchaki «bog‘-rog‘” emas balki haqiqiy daromad manbaiga aylantirgan.

Qishloq oralab yurib, O‘ktam Boboyevning xonadoniga kirganimizda ko‘z oldimizda yam-ashil manzara namoyon bo‘ldi. 8 sotix yerda tiklangan issiqxonada pomidor va bodringlar xuddi saf tortgan askarlardek gullab yotibdi. Eng muhimi, bu yerda ishlar shunchaki emas, balki ilm bilan, innovatsion agrotexnika asosida yo‘lga qo‘yilgan.

O‘ktam Boboyev suhbat asnosida shunday deydi:

— Ilgari yerga faqat mavsumda, yomg‘ir tushishiga va namga qarab bir marta ekin ekardik, qolgan vaqt yer dam olardi, bo‘sh maydonga qo‘y-qo‘zilarni qo‘yib yuborardik. Hozir zamon o‘zgardi, endi tadbirkorlik bilan ish tutapmiz. Yiliga bir qarich yerdan ikki, uch marta hosil olyapmiz. Bu ham ro‘zg‘orning kam-ko‘stiga, ham farzandlar, nevaralarning o‘qishiga, uylantirish, qiz chiqarish to‘ylariga kattagina madad. Mehnatdan qochmasang, yer seni hech qachon quruq qo‘ymaydi. Hozir bodringni orqasidan pomidorni boshlayapmiz.

Darhaqiqat, Peshag‘ordagi bu tajriba tog‘li va adirlikda joylashgan hududlar uchun o‘rnak bo‘lgulik. Oila nafaqat o‘zini sabzavot bilan ta’minlamoqda, balki tuman, viloyat bozorlariga mahsulotlar chiqarib, qo‘shimcha daromadlar ham topapti. Bu degani – mahallada tadbirkorlik rivojlanyapti, ro‘zg‘orlar but bo‘lyapti.

��https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:��

Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
8 5.3K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
@jizzaxviloyatihokimligi
15.04.2026 14:02
Jizzaxda yangi yashil belbog‘lar va qoplamalar barpo etilmoqda

Prezidentimiz tashabbusi bilan respublikamizda joriy etilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida har yili bahor va kuz mavsumlarida keng jamoatchilik, nuroniy oqsoqollar, yoshlar, o‘z tashabbusi bilan qatnashayotgan volontorlar, korxona tashkilotlar, qishloq xo‘jaligi sohalari, ayniqsa, “Yo‘l ko‘kalam” davlat muassasasi va o‘rmon xo‘jaliklari ishtirokida ko‘chat ekish tadbirlari uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda.

Joriy yilgi bahor mavsumida viloyatimizda 5 mln 912 ming tup manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilgan.

—Viloyatda 3,2 mln tup ko‘chat zahiralari yaratildi, —deydi viloyat Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi shu’ba mudiri Qobil Mingboyev. —Jumladan, o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan 2 mln 108 ming, ko‘chatchilik yo‘nalishidagi fermer va dehqon xo‘jaliklarida 487 ming , aholi tomorqalari va boshqa tadbirkorlik subyektlari tomonidan 551 ming hamda akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish ilmiy tadqiqot institutining Jizzax viloyati ilmiy tajriba stansiyasida 20 ming dona tup ko‘chat zahiralari tayyorlandi.

Keyingi paytda yomg‘ir va qor suvlaridan foydalangan holda “Terassa” usulida o‘rmonzorlar barpo etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Joriy yilda Zomin tumanining tog‘li hududlarida Zomin davlat o‘rmon xo‘jaligi tomonidan 600 gektar maydonda, Baxmal tumanining o‘rmon xo‘jaligiga qarashli tog‘li hududlarida 360 gektar maydonda “Terassa” usulida ko‘chatlar ekilib, o‘rmonzorlar barpo etish ishlari amalga oshirilmoqda.

Qishloq xo‘jaligi yerlarida ham yirik-yirik maydonlarda mevali bog‘lar barpo etilmoqda. Baxmal tumanida faoliyat olib borayotgan fermer xo‘jaliklari tomonidan 200 gektardan ortiq maydonda 230 mingdan ortiq mevali daraxt ko‘chatlari ekildi.

“Yo‘l ko‘kalam” davlat muassasasi tomonidan Sharof Rashidov va Paxtakor tumanlari hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘llari bo‘ylarida 200 ming tupdan ortiq tez o‘suvchi terak daraxti ko‘chatlari ekilib, “Yashil belbog‘lar” barpo etilmoqda.

Forish tumanining Aydar-Arnasoy ko‘liga tutash bo‘lgan cho‘l hududlarida 200 gektar maydonda “Yashil qoplamalar” barpo etish ishlari rejalashtirilgan.

Ayni paytda viloyatimizda “Yashil makon” loyihasi doirasidagi ishlar davom etmoqda.

��https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:��

Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
2 5.5K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
@jizzaxviloyatihokimligi
15.04.2026 14:02
Videoreportaj: Do‘stlik tumanida ilg‘or agrotexnologiyalar asosida yuqori hosil olishi rejalashtirilmoqda

Do‘stlik tumanida qishloq xo‘jaligi sohasida izchil islohotlar va zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish ishlari samarali davom etmoqda. Xususan, Umrzoq Mamatqulov fermer xo‘jaliklari hududiy uyushmasi tarkibidagi “Olmos Gamboy” fermer xo‘jaligida joriy mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rilgan.

Nuriddin Botirov rahbarligidagi xo‘jalikda ayni paytda 60 gektar maydonda boshoqli don ekinlari parvarish qilinmoqda, 40 gektar yer maydonida esa ilg‘or agrotexnologiyalar joriy etilmoqda. Jumladan, Shinjon tajribasi asosida qo‘shqator usulida, 76 sxema bo‘yicha xitoy chigiti ekish rejalashtirilgan.

O‘tgan 2025-yilda xo‘jalik har gektardan yuqori paxta hosili olishga erishgan bo‘lsa, joriy yilda 90 sentnerdan ortiq hosil olish ustuvor maqsad qilib belgilangan.


�� Batafsil — videolavhada tomosha qiling.

��https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:��

Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
3 4.8K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
@jizzaxviloyatihokimligi
15.04.2026 12:02
Jizzaxlik Ro‘za Qo‘ziyeva Osiyo o‘yinlari yo‘llanmasi qo‘lga kiritidi

Bangkokda parapauerlifting bo‘yicha o‘tayotgan Osiyo va Okeaniya chempionatida jizzaxlik sportchimiz Ro‘za Qo‘ziyeva bronza medalini qo‘lga kiritdi. Ushbu natija orqali sportchimiz kelgusi yilgi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Parij–2024 Olimpiadasining kumush medali sohibasi bo‘lgan Ro‘za Qo‘ziyevaning ushbu zafari viloyatimiz sport maktabi va murabbiylarining tinimsiz mehnati natijasidir.

��https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:��

Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
11 6.2K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
@jizzaxviloyatihokimligi
15.04.2026 12:02
Videoreportaj: Jizzax shahridagi A.Navoiy mahallasida obodonlashtirish va farovonlik ishlari izchil davom etmoqda

Jizzax shahridagi A.Navoiy mahallasida 4030 nafar aholi istiqomat qiladi. Hududda 1115 ta xonadon va 1530 ta oila mavjud bo‘lib, tomorqa yerlaridan unumli foydalanilmoqda.

Mahallada 11 ta ko‘p qavatli uy va 675 ta hovli uy joylashgan. Ayni paytda shahar hokimligi va mahalla ko‘magida chiqindi yig‘ish shaxobchasi obodonlashtirilib, zamonaviy ko‘rinishga keltirilmoqda.

Shu bilan birga, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va ehtiyojmand oilalarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Mahalla ahli hamjihatlikda hududning yanada obod va farovon bo‘lishi yo‘lida faol ishtirok etmoqda.


�� Batafsil — videolavhada tomosha qiling.

��https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:��

Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
4 5.5K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
@jizzaxviloyatihokimligi
15.04.2026 10:02
Videoreportaj: Sharof Rashidov tumanida bahorgi dala ishlari jadal davom etmoqda

Sharof Rashidov tumanida 2026-yilgi qishloq xo‘jaligi mavsumi doirasida bahorgi dala ishlari, xususan, chigit ekish jarayonlari yuqori sur’atlarda olib borilmoqda.

Tumanda jami 18 ming gektar paxta-g‘allachilik yer maydoni mavjud bo‘lib, shundan 9300 gektarida g‘alla ekib bo‘lingan. Paxta uchun rejalashtirilgan 7100 gektar maydonning 4 390 gektariga, ya’ni 61,8 foiziga chigit qadab bo‘lingan.

Jumladan, Niyatjon Suvonov fermer xo‘jaligida ham ishlar namunali tarzda tashkil etilgan. Xo‘jalik tasarrufidagi 80 gektar yerning 32 gektarida g‘alla, 40 gektarida esa paxta ekish ishlari olib borilmoqda. Paxta uchun Xitoy seleksiyasiga mansub “1402” navi tanlangan.


�� Batafsil — videolavhada tomosha qiling.

��https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:��

Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
10 5.5K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
@jizzaxviloyatihokimligi
15.04.2026 10:00
Assalomu alaykum, hurmatli jizzaxliklar! Kun xayrli bo‘lsin!

�� Bugun: 15-aprel. Chorshanba.
�� Yilning: 105-kuni
⏳ Yil yakuniga: 260 kun qoldi

�� Tarix sahifalaridan bir parcha:

�� 1912-yil — Dunyoni larzaga solgan voqea: afsonaviy “Titanik” yo‘lovchi kemasi Atlantika okeanida aysberg bilan to‘qnashib, halokatga uchradi. Natijada 1496 nafar inson hayotdan ko‘z yumdi. Bu voqea hanuz yuraklarni larzaga soladi.

�� 1924-yil — Dunyodagi ilk yo‘l atlasi AQShda nashr etildi. Bugungi zamonaviy navigatsiya tizimlarining ilk qadami aynan shu edi.

�� 1951-yil — Londonda ilk bor butun dunyoni o‘ziga jalb qilgan “Dunyo go‘zali” tanlovi bo‘lib o‘tdi. Go‘zallik, madaniyat va san’atning ramziga aylangan kun!

�� 1955-yil — Rey Krok AQShning Illinoys shtatidagi Des Plaines shahrida birinchi McDonald's restoranini ochdi. Bu kichik qadam keyinchalik global brendga aylanish sari yo‘l ochdi.

�� Bugun tavallud topgan mashhur shaxslar:

✨ Leonardo da Vinchi (1452) — Italiya san’atining faxri, betakror rassom, haykaltarosh, me’mor, olim va muhandis. Uning asarlari bugungi kungacha ilhom manbai bo‘lib kelmoqda.

✨ Emil Dyurkgeym (1858) — Fransuz sotsiologi, jamiyatshunoslik fanining asoschilaridan biri. Uning g‘oyalari zamonaviy ijtimoiy tahlillarning tamal toshini qo‘ydi.

✨ Klaudiya Kardinale (1938) — Italiyada tug‘ilgan kino, televideniye va ovoz aktrisasi. U butun Yevropa kinolarida o‘z o‘rnini topgan iste’dod egasi.

✨ Alla Pugachova (1949) — Mashhur rus qo‘shiqchisi, bastakor va estrada rejissyori. O‘zining betakror ovozi va sahnadagi karizmati bilan millionlab yuraklarni zabt etgan.


�� 15-aprel — tarix, san’at va taraqqiyot ruhini mujassam etgan sana. Siz ham bugun o‘zingizni rivojlantiring, yangi maqsad sari intiling!

��https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:��

Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
3 5.5K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
@jizzaxviloyatihokimligi
14.04.2026 18:35
Fevral oyida Prezidentimiz kreativ iqtisodiyot uchun soliq va boshqa bir qator imtiyozlarni nazarda tutuvchi alohida qarorni imzoladi.

Mutasaddilarga mazkur yo‘nalishda arxitektor, loyihachi va urbanistika sohasi uchun birinchi kreativ parkni Toshkent shahrida tashkil qilish topshirildi. Bunday kreativ parklarni hududlarda ham barpo etish ishlarini boshlash vazifasi qo‘yildi.

Bundan tashqari, Toshkentda yangi o‘quv yilidan urbanizatsiya, kadastr va geodeziya sohasida kadrlar tayyorlaydigan, o‘zini o‘zi moliyalashtiruvchi oliygoh faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Bu yerda o‘rta bo‘g‘in kadrlari uchun texnikum ham bo‘ladi.

Yig‘ilishda Prezidentimiz soha va hududlar rahbarlarining hisobotlarini tingladi. Qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning taklif va tashabbuslari eshitildi.

Facebook*|
Instagram*|X
2 6.3K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
@jizzaxviloyatihokimligi
14.04.2026 18:25
Aholini uy-joyga bo‘lgan talabini ta’minlash doimiy diqqat markazida bo‘lishi shartligi ta’kidlandi.

So‘nggi yillarda 56 ta “Yangi O‘zbekiston” massivining infratuzilmasi uchun 4 trillion 100 milliard so‘m mablag‘ berildi. Joriy yil ushbu maqsadlarga yana 1 trillion 400 milliard so‘m ajratilmoqda.

Lekin 2025-yilda Toshkent viloyatida 2,1 mingta, Samarqandda 1,5 mingta, Farg‘onada 1,3 mingta, Toshkent shahrida 1 mingta, Jizzaxda 380 ta xonadon foydalanishga topshirilmagan.

Soha mutasaddilari va hokimlar bu yil “Yangi O‘zbekiston” massivlarida 34 ming xonadonni qurib bitkazishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

Qurilishi davom etayotgan massivni kengaytirishga o‘sha hududdagi 85 foiz kvartirani egasiga topshirganidan keyingina ruxsat berilishi belgilandi.

Poytaxt va Samarqand tajribalari asosida investitsiya kompaniyalari tashkil qilindi. Bu kompaniyalar 1-oktabrdan boshlab, ko‘p qavatli uylar qurish uchun yerlarni qurilishga ruxsati, arxitektura rejalashtirish topshirig‘i va dastlabki loyihasi bilan birga tayyor holda auksionga chiqaradi.

Facebook*|
Instagram*|X
4 5.5K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
@jizzaxviloyatihokimligi
14.04.2026 18:07
Xalqaro moliya tashkilotlari bilan 20 milliard dollardan ortiq infratuzilma loyihalari amalga oshirilmoqda.

Lekin kichik va o‘rta quruvchilar uyoqda tursin, hatto yuqori reyting, yetarli mablag‘ va texnikaga ega bo‘lgan mahalliy korxonalarimiz ham ushbu bozorga to‘liq kira olmayotgani, kirgani ham subpudratchi bo‘lib ishlayotgani qayd etildi.

Mutasaddilar, buyurtmachi vazirlik va idoralar xalqaro moliya tashkilotlari bilan muzokaralarda quruvchilarimiz imkoniyatlarini ko‘rsatib bera olmayotgani, shartnoma shartlarini belgilashda mahalliy pudratchilar manfaatlarini himoya qilmayotgani, xalqaro tenderlar shartlarini o‘rgatmagani uchun eng arzon narx bergan korxonalarimiz ham tenderda raqobat qila olmayotgani tanqid qilindi.

Shu bois, mahalliy loyihachi, quruvchi va konsultantlarni xalqaro tenderlarda ishtirok etishga o‘qitish bo‘yicha tizim yaratish vazifasi qo‘yildi.

Qolaversa, quruvchilarimiz qo‘shni davlatlardagi xalqaro loyihalarda bosh pudratchi bo‘lib qatnasha boshlagani yuqori baholandi.

Facebook*|
Instagram*|X
2 5K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
@jizzaxviloyatihokimligi
14.04.2026 17:52
O‘tgan yili qurilish obyektida loyihachi va buyurtmachilarning nazoratchilari 42 mingta kamchilik qayd etgan, Qurilish inspeksiyasi esa yana 250 mingdan ziyod qoidabuzarlik aniqlagan. Sabab – loyihachi hamda buyurtmachilarda mualliflik va texnik nazorat bo‘yicha manfaatdorlik yo‘q.

Shu bois, joriy yil 1-iyundan boshlab davlat buyurtmachilari faoliyati to‘liq KPIga bog‘lanishi, xodimlarning oyligi 3 karra oshirilishi belgilandi. Loyiha hujjatini ishlab chiqish uchun obyekt qiymatining 5 foizigacha mablag‘ beriladi, mualliflik nazorati uchun esa alohida shartnoma asosida to‘lov qilinadi.

Shu bilan birga, endi texnik nazorat yoki mualliflik nazoratchisi mas’ul bo‘lgan obyektda qo‘pol qoidabuzarlik aniqlansa, pudrat korxonasi bilan birga nazoratchilarga ham qat’iy chora ko‘rish zarurligi qayd etildi. Loyihachining “Shaffof qurilish”dagi reytingi ham pasaytiriladi.

O‘tgan yili 400 nafar qurilish nazoratchisi yonkamera bilan ta’minlandi, 1 ming 221 ta ijtimoiy va infratuzilma obyektiga videokuzatuv kameralari o‘rnatildi.

Endilikda budjetdan quriladigan qiymati 3 milliard so‘mdan yuqori bo‘lgan ijtimoiy soha obyektlari, ko‘p qavatli uy, yirik savdo va sanoat korxonasi, mehmonxona, turizm obyektlari qurilishi ham onlayn nazorat kameralari bilan qamrab olinadi.

Urbanizatsiya qo‘mitasiga shaharsozlik qoidalarini qo‘pol buzganlik bo‘yicha moliyaviy sanksiya joriy qilish bo‘yicha qonun loyihasini ishlab chiqish topshirildi.

Facebook*|
Instagram*|X
6 4.7K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
@jizzaxviloyatihokimligi
14.04.2026 17:26
O‘tgan yili qurilish bilan bog‘liq 2 million 600 mingdan ziyod arizaning uchdan biri rad etilgan.

– Mas’ullar “Kamchiligi uchun qaytardik”, deb aytadi. Lekin ichiga kirib tahlil qilsa, masala ko‘p. Hamma bilib, bilmaganga oladi, aslida, bu – korrupsiya! Bunga chek qo‘yishning birdan bir yo‘li – raqamlashtirish va sun’iy intellekt
!
– dedi davlatimiz rahbari.

Aholi va tadbirkorlar qurilish qilish uchun avval loyihalashga ruxsat olishga, keyin arxitektura rejalashtirish topshirig‘i ishlab chiqishga alohida-alohida ariza berib, oylab vaqt sarflamoqda.

Toshkent shahrida 2 ta xizmatni bir bosqichda ko‘rib chiqish yo‘lga qo‘yilgani uchun hujjatlarni kelishish vaqti 3-4 karra kamaydi. Ushbu tajribani 1-iyuldan boshlab, respublikaning barcha hududlarida joriy qilish topshirildi.

Hozirda elektr, gaz, suv va kanalizatsiyaga ulanish bo‘yicha texnik shart olish uchun ham har bir kommunal idoraga alohida murojaat qilish kerak. 1-iyuldan bitta ariza va bitta to‘lov bilan barcha kommunal tarmoqlarga texnik shart olish imkonini yaratish vazifasi qo‘yildi.

Facebook*|
Instagram*|X
5 4.7K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
@jizzaxviloyatihokimligi
14.04.2026 17:18
So‘nggi to‘rt yilda auksionda sotilgan 11,5 ming gektar yerdan 3 ming gektarida qurilish boshlanmagan. Oqibatda qo‘shimcha 100 ming ish o‘rni, 20-25 trillion so‘m qo‘shilgan qiymat yo‘qotilayotgani qayd etildi.

Auksionga chiqarilgan 582 gektar yer uchastkasi, 122 ta davlat obyekti bir yildan beri sotilmay turibdi.

Chunki xususiylashtirish dasturini qabul qilishda ham, obyektlarni sotishda ham hokimlarning o‘rni bilinmayotgani, tadbirkorlarning fikri oldindan o‘rganilmayotgani qayd etildi. Aslida, har obyektni sotishda hududga investitsiya, mahalla uchun ish o‘rni birinchi o‘rinda bo‘lishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

Endilikda xususiylashtirish dasturiga obyektlarni kiritish, ularni sotish va investitsiya samaradorligi bo‘yicha hokimlar Davlat aktivlari agentligi bilan tengma-teng javob berishi belgilandi.

Xususiylashtirish doirasida bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilgan obyektlar uchun qoldiq summaga har yili 14 foiz ustama hisoblash bekor qilinadi.

Facebook*|
Instagram*|X
3 4.8K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
@jizzaxviloyatihokimligi
14.04.2026 17:06
Bosh rejasi yo‘q degan bahona bilan 2025-yilda yerni xususiylashtirish bo‘yicha 112 ming arizaning 14 foizi rad etilgan.

Hokimlarga buning oqibatida 4 ming gektar yerni aktivga aylantirish, xususiylashtirish hisobidan budjetga 550 milliard so‘m qo‘shimcha tushum boy berilgani ko‘rsatib o‘tildi. Uch oyda yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarga inson omilisiz 5-10 daqiqa ichida onlayn javob beradigan tizimga o‘tish topshirildi.

Bosh rejalarni tasdiqlash orqali juda katta maqsad va vazifalar belgilanmoqda. Lekin bosh rejada ko‘rsatilgan suv, kanalizatsiya, issiqlik, gaz, elektr liniyalari, yo‘llar qachon, qaysi navbatda va qanday manbalar hisobidan quriladi degan savolga javob yo‘qligi tanqid qilindi.

Aslida, har bir bosh rejani ro‘yobga chiqarish bo‘yicha yilma-yil kompleks dastur qilinib, aholi, tadbirkor va mas’ullarga yetkazilishi kerakligi qayd etildi. Bunday dasturlar yo‘qligi uchun ham infratuzilmaga 1 so‘mlik xarajat ketadigan joyga 2-3 karra ko‘p mablag‘ sarflanayotgani, pala-partish qurilishlar haligacha davom etayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Har bir viloyat hokimiga ikki oyda viloyat va tuman markazlarining tasdiqlangan bosh rejalarini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha kompleks dasturlarni ishlab chiqish topshirildi.

Mutasaddilarga kompleks dasturlardagi tadbirlarning qaysi biri respublika va mahalliy budjetdan, qaysilari xalqaro moliya tashkilotlari hisobidan bo‘lishini aniq belgilab berish vazifasi qo‘yildi.

Facebook*|
Instagram*|X
4 4.6K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
@jizzaxviloyatihokimligi
14.04.2026 16:56
Yurtimiz aholisi 38 milliondan oshdi, urbanizatsiya darajasi 51 foizga yetib, qariyb 20 million odam shaharlarda yashamoqda.

– Bir narsani yaxshi tushunish zarur: agar urbanizatsiya darajasi 1 foizga oshsa, iqtisodiyot ham kamida 1 foizga ko‘payadi, investitsiya oqimi, biznes va startaplar, mehnat unumdorligi karrasiga o‘sadi. Buning uchun respublikada urbanizatsiyani barqaror rivojlantirish bo‘yicha yagona yondashuv bo‘lishi k
erak,
– dedi Prezidentimiz.

Bosh rejalarni ishlab chiqish uchun budjetdan yiliga 200-250 milliard so‘m berilmoqda. Bu mablag‘lar bosh rejasi bo‘lmagan yoki eskirgan hududlarga sarflanishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

Kichik shahar va shaharchalarda ham katta loyiha qilaman degan tadbirkorlar borligi, shaharsozlik hujjati yo‘qligi uchun ularning ishi to‘xtab turgani qayd etildi. O‘zi mablag‘ tikib, tezroq bosh reja ishlab chiqilishidan manfaatdor tadbirkorlar ham ko‘p.

Viloyat hokimlari, Urbanizatsiya qo‘mitasiga joriy yilda budjet mablag‘i hisobidan 6 ta shahar, 44 ta shaharcha bo‘yicha bosh reja, yana 104 ta qishloq bo‘yicha master rejani oxiriga yetkazish, bunga qo‘shimcha tashabbuskor biznes vakillari bilan yana 50 ta aholi punkti bo‘yicha shaharsozlik hujjatini ishlab chiqishni boshlash topshirildi.

Facebook*|
Instagram*|X
4 4.5K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
@jizzaxviloyatihokimligi
14.04.2026 16:56
Dunyoda qurilish industriyasi shiddat bilan o‘zgaryapti, sohaga zamonaviy loyiha yechimlari, yangi texnologiya va standartlar kirib kelmoqda.

Prezidentimiz mamlakatimizdagi qurilish tizimi bugungi o‘zgarishlarga qanchalik mosligi, soha rahbarlari zamon talab qilayotgan tezkorlik va sifat bo‘yicha mas’uliyatni his qilayotgani, seysmologiya va zilzilabardoshlik bo‘yicha xavflarni inobatga olib, yangi yechimlar ishlab chiqilayotgani borasida savollar ko‘pligini qayd etildi.

Tadbirkorlik uchun yiliga 6,5 ming gektar yer, 600 ming kvadrat metrli bino-inshootlar savdoga chiqarilmoqda, kichik va o‘rta biznes uchun 140 trillion so‘m resurs berilmoqda.

Lekin yer, kredit kabi asosiy masalalari hal bo‘lgan tadbirkorlar qurilishni boshlash bosqichda to‘siqlarga uchrayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Tadbirkorlarning hali aktivga aylanmagan yeriga soliq, kreditiga foiz hisoblanyapti, lekin byurokratiya, korrupsiya, sansalorlik ko‘pligi uchun qurilishni boshlash oylab, yillab cho‘zilayotgani tanqid qilindi.

Shu bois, soha vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, mingdan ortiq quruvchi va loyiha tashkilotlarining takliflari olindi. Yig‘ilishda ushbu taklif va tashabbuslar asosida ishlab chiqilgan yangi chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Facebook*|
Instagram*|X
4 4.4K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Jizzax.Uz|Rasmiy kanal

16.1K
Viloyat hokimligi rasmiy sayti:
https://gov.uz/oz/jizzax

“Ishonch telefoni”:72-226-00-11
@jizzaxviloyatihokimi
@jizzaxuz_bot

Facebookdagi* murojaat uchun havola:
https://www.facebook*.com/pressslujba/
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram