Jizzaxda yangi yashil belbog‘lar va qoplamalar barpo etilmoqda
Prezidentimiz tashabbusi bilan respublikamizda joriy etilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida har yili bahor va kuz mavsumlarida keng jamoatchilik, nuroniy oqsoqollar, yoshlar, o‘z tashabbusi bilan qatnashayotgan volontorlar, korxona tashkilotlar, qishloq xo‘jaligi sohalari, ayniqsa, “Yo‘l ko‘kalam” davlat muassasasi va o‘rmon xo‘jaliklari ishtirokida ko‘chat ekish tadbirlari uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda.
Joriy yilgi bahor mavsumida viloyatimizda 5 mln 912 ming tup manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilgan.
—Viloyatda 3,2 mln tup ko‘chat zahiralari yaratildi, —deydi viloyat Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi shu’ba mudiri Qobil Mingboyev. —Jumladan, o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan 2 mln 108 ming, ko‘chatchilik yo‘nalishidagi fermer va dehqon xo‘jaliklarida 487 ming , aholi tomorqalari va boshqa tadbirkorlik subyektlari tomonidan 551 ming hamda akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish ilmiy tadqiqot institutining Jizzax viloyati ilmiy tajriba stansiyasida 20 ming dona tup ko‘chat zahiralari tayyorlandi.
Keyingi paytda yomg‘ir va qor suvlaridan foydalangan holda “Terassa” usulida o‘rmonzorlar barpo etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Joriy yilda Zomin tumanining tog‘li hududlarida Zomin davlat o‘rmon xo‘jaligi tomonidan 600 gektar maydonda, Baxmal tumanining o‘rmon xo‘jaligiga qarashli tog‘li hududlarida 360 gektar maydonda “Terassa” usulida ko‘chatlar ekilib, o‘rmonzorlar barpo etish ishlari amalga oshirilmoqda.
Qishloq xo‘jaligi yerlarida ham yirik-yirik maydonlarda mevali bog‘lar barpo etilmoqda. Baxmal tumanida faoliyat olib borayotgan fermer xo‘jaliklari tomonidan 200 gektardan ortiq maydonda 230 mingdan ortiq mevali daraxt ko‘chatlari ekildi.
“Yo‘l ko‘kalam” davlat muassasasi tomonidan Sharof Rashidov va Paxtakor tumanlari hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘llari bo‘ylarida 200 ming tupdan ortiq tez o‘suvchi terak daraxti ko‘chatlari ekilib, “Yashil belbog‘lar” barpo etilmoqda.
Forish tumanining Aydar-Arnasoy ko‘liga tutash bo‘lgan cho‘l hududlarida 200 gektar maydonda “Yashil qoplamalar” barpo etish ishlari rejalashtirilgan.
Ayni paytda viloyatimizda “Yashil makon” loyihasi doirasidagi ishlar davom etmoqda.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram