Senator tomonidan Jizzax viloyatida ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan yangi tashabbuslar o‘rganildi
Joriy yilning 13–14 aprel kunlari Oliy Majlis huzuridagi Parlament komissiyasi a’zolari tomonidan Jizzax viloyatining qator tumanlaridagi ijtimoiy masalalar «Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmon ijrosi doirasida kompleks tarzda o‘rganildi.
O‘rganish jarayonlarida Parlament komissiyasi a’zolari bilan bir qatorda hududiy jamoat fondi xodimlari ham ishtirok etdi. Joylardagi tizimli muammolar, aholini qiynayotgan dolzarb masalalar hamda davlat organlarining ijtimoiy buyurtmalari atroflicha tahlil qilinib, ijtimoiy ahamiyati yuqori bo‘lgan loyihalar aniqlandi hamda ularni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganishlarning asosiy maqsadi hududlardagi real ehtiyojlar va dolzarb muammolarni aniqlash hamda ularni hal etish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqishdan iborat bo‘lib, shu asosda amaliy samara beruvchi loyihalar aniq mezonlar asosida saralab olindi va kelgusida davlat grantlari orqali qo‘llab-quvvatlanishi belgilandi.
Shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa jamoat tuzilmalarining imkoniyatlaridan samarali foydalanish, ularni aholini qiynayotgan ijtimoiy muammolarni hal etish jarayoniga keng jalb qilishga alohida e’tibor qaratildi.
Hududlardagi o‘rganishlar yakuni asosida 2026-yil uchun davlat grantlari tanlovini e’lon qilish va ushbu tanlov doirasida ijtimoiy ahamiyati yuqori, amaliy natija beruvchi eng muhim va tashabbuskor loyihalarni qo‘llab-quvvatlash belgilab olindi.
Qayd etish joizki, mazkur yondashuv davlat mablag‘laridan maqsadli, samarali va shaffof foydalanishni ta’minlash, jamiyatda ochiqlik va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlarini ijtimoiy muammolarni hal etish jarayoniga keng jalb qilishga xizmat qiladi.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram