avatar
istemol.uz | Rasmiy kanal
@istemolchi1
02.06.2026 13:13
#istemolchi

Kanalizatsiya xizmatidagi muammo iste’molchi foydasiga hal etildi


📍Toshkent viloyati


Turar joylarga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi aholi farovonligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

👉 Batafsil

​👉 1091 — Yagona ishonch telefoni (soat 09:00 dan 18:00 ga qadar)

murojaat.istemol.uz

🌐 istemol.uz | 📷 Instagram* | 👉Telegram | ▶️ YouTube | 💬 Facebook*
👍 3
1 113
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
istemol.uz | Rasmiy kanal
@istemolchi1
02.06.2026 10:27
#Tutınıwshı_info

Tutınıwshıǵa satılǵan tovarda nuqsan anıqlansa 7 kúnlik múdette almastırılıp beriliwi shart

Eger tutınıwshı tovardıń islep shıǵarılıwına, dúzilisine, quramına baylanıslı kemshiliklerdi yáki basqa nuqsanlardı anıqlaǵan jaǵdayda satıwshı (islep shıǵarıwshı) onı ayne usınday markalı (modelli, artikulli) tovarǵa jetti kúnlik múdette, tovar sıpatın satıwshı (islep shıǵarıwshı) tárepinen qosimsha túrde tekseriw zárur bolǵanda bolsa tutınıwshı talap qoyan waqıttan jıgırma kún ishinde almastırıp beriwi shárt.

Tap sonday markadaǵı (moddelli, artikulli) tovar bolmaǵan jaǵdayda, tutınıwshınıń almastırıp beriw haqqindaǵi talabı shaǵım etilgen waqıttan baslap bir ay ishinde qanaatlandırılıwı kerek.

Usi múddetti ótkerip jibergen hár bir kún ushin satıwshı (islep shıǵarıwshı) tutınıwshıǵa almastırılǵan tavardı beriw menen bir waqıtta tavar bahasınıń bir payiz muǵdarına neustoyka (penya) tóleydi.

🌐 istemol.uz | 📷 Instagram* | 👉Telegram | ▶YouTube | 💬 Facebook*
👍 3
150
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
istemol.uz | Rasmiy kanal
@istemolchi1
02.06.2026 07:45
#murojaat_yechim

⚡️ 40 million so‘mga yaqin mablag‘ qaytarib berildi!

​Navoiy viloyatida yashovchi fuqaro sayohat qilish maqsadida turistik kompaniyalardan biri bilan kelishib, chipta, mehmonxona va boshqa barcha xarajatlar uchun 39 million 980 ming so‘m pul to‘lagan.

​Biroq, tur-kompaniya turli bahonalar bilan safar muddatini bir necha bor ortga surgan va kelishilgan xizmatlarni o‘z vaqtida ko‘rsatmagan.

Mablag‘ni qaytarishni so‘rashganda esa, Toshkent yoki Rossiyaga borib ariza yozish kerakligi kabi turli qiyinchiliklarni ro‘kach qilishgan.

​Sargardon bo‘lgan fuqaro Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlar federatsiyasining viloyat hududiy birlashmasiga (1091 ishonch telefoni orqali) murojaat qildi.

Federatsiya xodimlarining tezkor aralashuvi va qonuniy choralar ko‘rilishi natijasida, muammo bor-yo‘g‘i 3 kun ichida ijobiy hal etildi! Fuqaroning barcha mablag‘i to‘liq qaytarildi.

​"Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu tashkilot ko‘plab muammolarni hal qilayotganini ko‘rib murojaat qilgandim.

Haqiqatan ham ishimizni juda tez fursatda hal qilib berishdi. Hozir u yerga borib bir yillik a’zo bo‘ldik va kelgusida ham har qanday iste’molchilik huquqimiz buzilsa, shu tashkilotga murojaat qilamiz", — deydi quvongan fuqarolar.

​⚖️ Eslatib o‘tamiz: Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga a’zo bo‘lgan fuqarolarning huquqlari bir yil davomida himoya qilinadi.

Zarurat tug‘ilganda, sud idoralarida ham davlat boji to‘lanmagan holda ularning manfaatlari himoya qilinadi.

​Sizning ham iste’molchi sifatidagi huquqlaringiz buzildimi? 1091 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qiling!

🌐 istemol.uz | 📷 Instagram* | 👉Telegram | ▶️ YouTube | 💬 Facebook*
👍 6
1
10 313
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
istemol.uz | Rasmiy kanal
@istemolchi1
02.06.2026 06:43
#istemolchi
#Bilasizmi

Uy-joy xaridida huquqiy himoyaning o‘rni va ahamiyati bir murojaat misolida


📍Farg‘ona viloyati


Bugungi kunda aholining uy-joyga bo‘lgan ehtiyoji ortib borayotgani sababli qurilish kompaniyalari bilan tuzilayotgan shartnomalar soni ham ko‘paymoqda.

Biroq amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, ayrim holatlarda iste'molchilar to‘lovlarni amalga oshirgan bo‘lsa-da, va'da qilingan shartlar bajarilmasligi, uyning belgilangan muddatda topshirilmasligi yoki boshqa muammolarga duch kelmoqda.


👉 Batafsil

​👉 1091 — Yagona ishonch telefoni (soat 09:00 dan 18:00 ga qadar)

murojaat.istemol.uz

🌐 istemol.uz | 📷 Instagram* | 👉Telegram | ▶️ YouTube | 💬 Facebook*
👍 3
3 232
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
istemol.uz | Rasmiy kanal
@istemolchi1
01.06.2026 14:47
#Isteʼmol_info

Iste'molchiga sotilgan tovarda nuqson aniqlansa u 7 kunlik muddatda almashtirib berilishi shart

Agar Isteʼmolchi tovarning ishlab chiqarilishiga, tuzilishiga, tarkibiga doir kamchiliklarni yoki boshqa nuqsonlarni aniqlagan taqdirda sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) uni ayni shunday markali (modelli, artikulli) tovarga yetti kunlik muddatda, tovar sifatini sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) tomonidan qoʻshimcha ravishda tekshirish zarur boʻlganida esa, isteʼmolchi talab qoʻygan paytdan eʼtiboran yigirma kun ichida almashtirib berishi shart.

Ayni shunday markali (modelli, artikulli) tovar boʻlmagan taqdirda, isteʼmolchining almashtirib berish xususidagi talabi daʼvo qilingan paytdan eʼtiboran bir oy ichida qondirilishi kerak.

Ana shu muddatlarni o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) iste'molchiga almashtirilgan tovarni berish bilan bir vaqtda tovar bahosining bir foizi miqdorida neustoyka (penya) to‘laydi.

🌐 istemol.uz | 📷 Instagram* | 👉Telegram | ▶️ YouTube | 💬 Facebook*
👍 6
5 282
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
istemol.uz | Rasmiy kanal
@istemolchi1
01.06.2026 13:05
#istemolchi

Tadbirkorlar bilan tizimli muloqot yo‘lga qo‘yilmoqda (foto)


📍Surxondaryo viloyati


Ochiq muloqot davomida tadbirkorlik faoliyatida uchrayotgan dolzarb masalalar, jumladan, davlat xaridlari va birja savdolarida raqobat muhitini ta’minlash, raqobatni cheklovchi holatlarning oldini olish, reklama faoliyatini tartibga solish hamda nohalol raqobatga yo‘l qo‘ymaslik masalalari atroflicha muhokama qilindi.


👉 Batafsil

​👉 1091 — Yagona ishonch telefoni (soat 09:00 dan 18:00 ga qadar)

murojaat.istemol.uz

🌐 istemol.uz | 📷 Instagram* | 👉Telegram | ▶️ YouTube | 💬 Facebook*
👍 3
1
1 207
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
istemol.uz | Rasmiy kanal
@istemolchi1
01.06.2026 04:14
#tutiniwshı_dayjest

Ózbekstan tutınıwshılar huquqların qorǵaw jámiyetleri federatsiyasınıń Tutınıw Dayjesti

📍Qaraqalpaqstan Respublikası

Nızam bar jerde adillik bar:Nókistegi dukan iyesi óz qáteligin moyınladı

📍Qashqadarya walayatı

Qamashı rayonında elektr energiyası boyınsha 5 million sumlık real emes qarızdarlıq tutınıwshınıń paydasına sheshildi

📍Tashkent walayatı

Agrobank penen dúzilgen onlayn kredit shártnaması sud tárepinen haqiyqiy emes dep tabıldı

📍Surxandarya walayatı

Bankamat qátesi saplastırıldı

📍Ferǵana walayatı

Suw táminatı boyınsha júzege kelgen derlik 4 million sum qarızdarlıq qayta esaplaw arqalı azaytıldı

📍Jızzax walayatı

Isenim isenimdi aqlamadıma?

📍Samarqant walayatı

Kattaqorǵan rayonında tutınıwshınıń derlik 20 million sum qarjısi óz esaplaǵıshına ótkerilip berildi

📍Nawayı walayatı

Xatırshıda 5 million 300 mıń sumlıq nasaz skuter mashqalası unamlı sheshildi

📍Namangan walayatı

Sıpatsız kabeller almastırıldı

🌐 istemol.uz | 📷 Instagram* | 👉Telegram | ▶️ YouTube | 💬 Facebook*
👍 7
1 273
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
istemol.uz | Rasmiy kanal
@istemolchi1
31.05.2026 14:04
#Istemol_dayjest

O‘zbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining Isteʼmol Dayjesti

📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Qonun bor joyda adolat bor: Nukusdagi do‘kon xatti-harakatkari xatoligini tan oldi

📍Qashqadaryo viloyati

Qamashi tumanida elektr energiyasi bo‘yicha 5 000 000 so‘mlik noreal qarzdorlik isteʼmolchi foydasiga hal etildi

📍Toshkent
viloyati

Agrobank bilan tuzilgan onlayn kredit shartnomasi sud tomonidan haqiqiy emas deb topildi

📍Surxondaryo viloyati

Bankomat xatosi bartaraf etildi

📍Farg‘ona viloyati

Suv ta'minoti bo‘yicha yuzaga kelgan salkam 4 million so‘m qarzdorlik qayta hisob-kitob orqali kamaytirildi

📍Jizzax viloyati

Ishonch ishonchni oqlamadimi?

📍Samarqand viloyati

Kattaqo‘rg‘on tumanida iste’molchining qariyb 20 million so‘m puli o‘z hisoblagichiga o‘tkazib berildi

📍Navoiy viloyati

Xatirchida 5 300 000 so‘mlik nosoz skuter muammosi ijobiy hal etildi

📍Namangan viloyati

Sifatsiz kabellar almashtirildi

🌐 istemol.uz | 📷 Instagram* | 👉Telegram | ▶️ YouTube | 💬 Facebook*
👍 5
3 308
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
istemol.uz | Rasmiy kanal
@istemolchi1
27.05.2026 00:55
#Tabrik

Hurmatli yurtdoshlar, aziz iste'molchilar!


Sizlarni muborak Qurbon hayiti munosabati bilan O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi jamoasi chin qalbdan samimiy muborakbod etadi!

Asrlar davomida xalqimiz ma’naviy hayotida beqiyos o‘rin tutib kelayotgan ushbu ulug‘ ayyom mehr-muruvvat, bag‘rikenglik, inson qadrini ulug‘lash, ehtiyojmandlarga ko‘mak berish kabi ezgu fazilatlarni qalblarimizga yanada chuqur singdiradi. Qurbon hayiti nafaqat ibodat va shukronalik bayrami, balki el-yurt tinchligi, ahillik va hamjihatlikni mustahkamlovchi muqaddas qadriyatlar timsolidir.

Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lida inson manfaatlarini ta’minlash, iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, xalq farovonligini yuksaltirishdek ezgu maqsadlar yo‘lida xizmat qilish barchamiz uchun yuksak mas’uliyat va sharaf. Shu bois, ushbu muborak ayyom jamiyatimizda o‘zaro hurmat, ishonch va insoniy qadriyatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qilsin.

Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilangizga baxt-saodat, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, dasturxonlaringizga to‘kinlik va baraka tilaymiz. Barcha ezgu niyat va orzu-maqsadlaringiz ijobatini bersin. Yurtimiz tinchligi bardavom bo‘lsin!

Qurbon hayiti muborak bo‘lsin!


🌐 istemol.uz | 📷 Instagram* | 👉Telegram | ▶️ YouTube | 💬 Facebook*
👍 5
2
409
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
istemol.uz | Rasmiy kanal
@istemolchi1
26.05.2026 05:01
#istemolchi

Marketpleyslarda o‘z tovarlarini qanday sotish mumkin va davlat onlayn biznesni rivojlantirish uchun qanday imkoniyatlarni taqdim etmoqda.

"O‘zbekiston" telekanali "Munosabat" ko‘rsatuvida ko'rishingiz mumkin.

🌐 istemol.uz | 📷 Instagram* | 👉Telegram | ▶️ YouTube | 💬 Facebook*
👍 4
3 523
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
istemol.uz | Rasmiy kanal
@istemolchi1
26.05.2026 04:15
#Tabrik

Hurmatli Ahrorjon Asqaraliyevich!

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi markaziy apparati jamoasi Sizni tavallud ayyomingiz bilan samimiy muborakbod etadi!

Ko‘p yillik samarali mehnatingiz, Federatsiyaning “Iste’molchilar kutubxonasi” hamda “Iste’molchilar uyi” kabi muhim va innovatsion loyihalarini Farg‘ona viloyatida hayotga tatbiq etishdagi jonbozligingiz, aholining huquqiy savodxonligini oshirish va iste’molchilar manfaatlarini ta’minlash borasidagi amaliy sa’y-harakatlaringiz har qancha tahsinga loyiq.

Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyat va zafarlar tilaymiz. El-yurt ishonchini oqlashdek ezgu yo‘ldagi mehnatlaringiz bardavom bo‘lsin!

Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin!✍️

🌐 istemol.uz | 📷 Instagram* | 👉Telegram | ▶️ YouTube | 💬 Facebook*
9
👍 4
4 1 449
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
istemol.uz | Rasmiy kanal
@istemolchi1
26.05.2026 04:01
Agrobank bilan tuzilgan onlayn kredit shartnomasi sud tomonidan haqiqiy emas deb topildi

📍Toshkent viloyati


Bugungi kunda texnologiyalar hayotimizning barcha jabhalariga kirib kelgani sayin bank xizmatlari ham ancha qulaylashdi.

Endilikda kredit olish uchun bankka borish, uzoq navbat kutish yoki koʻplab hujjatlar rasmiylashtirilish talab etilmaydi.

Batafsil

🌐 istemol.uz | 📷 Instagram* | 👉Telegram | ▶️ YouTube | 💬 Facebook*
5
👍 1
3 405
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
istemol.uz | Rasmiy kanal
@istemolchi1
26.05.2026 03:15
#Tabrik

Hurmatli Jaxongir Umidovich!

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi markaziy apparati jamoasi Sizni tavallud ayyomingiz bilan samimiy muborakbod etadi!

Buxoro viloyatida iste’molchilar huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, aholining huquqiy ongi va iste’mol madaniyatini yuksaltirish, qonunchilik ijrosi ustidan samarali jamoatchilik nazoratini amalga oshirish borasida koʻrsatayotgan fidoyilik va jonbozligingiz, mehnatsevarlik va xalqparvarligingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.

Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar, yurtimiz taraqqiyoti hamda iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish yo‘lidagi ezgu ishlaringizga ulkan omadlar tilaymiz!

Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!

🌐 istemol.uz | 📷 Instagram* | 👉Telegram | ▶️ YouTube | 💬 Facebook*
👍 12
2 355
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
istemol.uz | Rasmiy kanal
@istemolchi1
25.05.2026 14:57
Hurmatli Boxadir Oblakulovich Baymatov!

Sizni 25 may — tavallud ayyomingiz bilan O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi markaziy apparati jamoasi nomidan samimiy qutlaymiz!

Siz ko‘p yillardan buyon Samarqand viloyatida iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, aholining huquqiy ongi va iste’mol madaniyatini yuksaltirish, qonunchilik ijrosi ustidan samarali jamoatchilik nazoratini amalga oshirish borasida fidokorona mehnat qilib kelmoqdasiz.

Ayniqsa, Federatsiya tomonidan amalga oshirilayotgan turli ijtimoiy loyihalardagi faol ishtirokingiz, tashabbuskorligingiz, amaliy taklif va sa’y-harakatlaringiz hamkasblaringiz va keng jamoatchilik tomonidan munosib e’tirof etilmoqda.

Sizning mas’uliyatli, halol va xalq manfaatlariga xizmat qilishga qaratilgan mehnatingiz ortidan ko‘plab iste’molchilarning muammolari ijobiy hal etilib, ularning huquq va manfaatlari tiklanib kelmoqda. Bu esa Sizning fidoyiligingiz va jonbozligingizning yaqqol namunasidir.

Shu qutlug‘ kunda Sizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, tinchlik-xotirjamlik, mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan yutuqlar va yangi zafarlar tilaymiz.

Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!
👍 12
1 1 364
avatar
istemol.uz | Rasmiy kanal
@istemolchi1
23.05.2026 07:14
#jarayon

Savdo va xizmatlar sifati qat’iy nazoratda (foto)

📍Toshkent viloyati


O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi mas’ullari tomonidan hududlarda iste'molchilarga sifatli mahsulotlar yetib borishini ta'minlash maqsadida o'rganish ishlari olib borilmoqda.

👉 Batafsil

Hurmatli iste’molchilar!

Bugungi kunda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Natijada ko‘plab iste’molchilarning huquqlari tiklanib, murojaatlar ijobiy hal etilmoqda.

Agar siz ham xarid qilgan mahsulot sifati, xizmat ko‘rsatish darajasi yoki iste’molchilik huquqlaringiz buzilishi kabi holatlarga duch kelsangiz, Federatsiyaning 1091 qisqa ishonch raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Unutmang, sizning huquqingiz — qonun himoyasida!

🌐 istemol.uz | 📷 Instagram* | 👉Telegram | ▶️ YouTube | 💬 Facebook*
👍 7
3 283
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

istemol.uz | Rasmiy kanal

1.5K
O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining rasmiy kanali

Murojaat uchun: 📞1091
https://murojaat.istemol.uz
@PotrebitelUz_bot
Открыть в Telegram