#Tabrik
Hurmatli Jaxongir Umidovich!
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi markaziy apparati jamoasi Sizni tavallud ayyomingiz bilan samimiy muborakbod etadi!
Buxoro viloyatida iste’molchilar huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, aholining huquqiy ongi va iste’mol madaniyatini yuksaltirish, qonunchilik ijrosi ustidan samarali jamoatchilik nazoratini amalga oshirish borasida koʻrsatayotgan fidoyilik va jonbozligingiz, mehnatsevarlik va xalqparvarligingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.
Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar, yurtimiz taraqqiyoti hamda iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish yo‘lidagi ezgu ishlaringizga ulkan omadlar tilaymiz!
Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!
🌐
istemol.uz | 📷
Instagram* | 👉
Telegram | ▶️
YouTube | 💬
Facebook*
Обсуждение 2
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram