avatar
istemol.uz | Rasmiy kanal
@istemolchi1
25.05.2026 14:57
Hurmatli Boxadir Oblakulovich Baymatov!

Sizni 25 may — tavallud ayyomingiz bilan O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi markaziy apparati jamoasi nomidan samimiy qutlaymiz!

Siz ko‘p yillardan buyon Samarqand viloyatida iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, aholining huquqiy ongi va iste’mol madaniyatini yuksaltirish, qonunchilik ijrosi ustidan samarali jamoatchilik nazoratini amalga oshirish borasida fidokorona mehnat qilib kelmoqdasiz.

Ayniqsa, Federatsiya tomonidan amalga oshirilayotgan turli ijtimoiy loyihalardagi faol ishtirokingiz, tashabbuskorligingiz, amaliy taklif va sa’y-harakatlaringiz hamkasblaringiz va keng jamoatchilik tomonidan munosib e’tirof etilmoqda.

Sizning mas’uliyatli, halol va xalq manfaatlariga xizmat qilishga qaratilgan mehnatingiz ortidan ko‘plab iste’molchilarning muammolari ijobiy hal etilib, ularning huquq va manfaatlari tiklanib kelmoqda. Bu esa Sizning fidoyiligingiz va jonbozligingizning yaqqol namunasidir.

Shu qutlug‘ kunda Sizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, tinchlik-xotirjamlik, mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan yutuqlar va yangi zafarlar tilaymiz.

Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!
👍 12
1 1 364

Обсуждение 1

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

istemol.uz | Rasmiy kanal

1.5K
O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining rasmiy kanali

Murojaat uchun: 📞1091
https://murojaat.istemol.uz
@PotrebitelUz_bot
Открыть в Telegram