avatar
istemol.uz | Rasmiy kanal
@istemolchi1
02.06.2026 07:45
#murojaat_yechim

⚡️ 40 million so‘mga yaqin mablag‘ qaytarib berildi!

​Navoiy viloyatida yashovchi fuqaro sayohat qilish maqsadida turistik kompaniyalardan biri bilan kelishib, chipta, mehmonxona va boshqa barcha xarajatlar uchun 39 million 980 ming so‘m pul to‘lagan.

​Biroq, tur-kompaniya turli bahonalar bilan safar muddatini bir necha bor ortga surgan va kelishilgan xizmatlarni o‘z vaqtida ko‘rsatmagan.

Mablag‘ni qaytarishni so‘rashganda esa, Toshkent yoki Rossiyaga borib ariza yozish kerakligi kabi turli qiyinchiliklarni ro‘kach qilishgan.

​Sargardon bo‘lgan fuqaro Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlar federatsiyasining viloyat hududiy birlashmasiga (1091 ishonch telefoni orqali) murojaat qildi.

Federatsiya xodimlarining tezkor aralashuvi va qonuniy choralar ko‘rilishi natijasida, muammo bor-yo‘g‘i 3 kun ichida ijobiy hal etildi! Fuqaroning barcha mablag‘i to‘liq qaytarildi.

​"Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu tashkilot ko‘plab muammolarni hal qilayotganini ko‘rib murojaat qilgandim.

Haqiqatan ham ishimizni juda tez fursatda hal qilib berishdi. Hozir u yerga borib bir yillik a’zo bo‘ldik va kelgusida ham har qanday iste’molchilik huquqimiz buzilsa, shu tashkilotga murojaat qilamiz", — deydi quvongan fuqarolar.

​⚖️ Eslatib o‘tamiz: Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga a’zo bo‘lgan fuqarolarning huquqlari bir yil davomida himoya qilinadi.

Zarurat tug‘ilganda, sud idoralarida ham davlat boji to‘lanmagan holda ularning manfaatlari himoya qilinadi.

​Sizning ham iste’molchi sifatidagi huquqlaringiz buzildimi? 1091 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qiling!

🌐 istemol.uz | 📷 Instagram* | 👉Telegram | ▶️ YouTube | 💬 Facebook*
👍 6
1
10 313
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

istemol.uz | Rasmiy kanal

1.5K
O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining rasmiy kanali

Murojaat uchun: 📞1091
https://murojaat.istemol.uz
@PotrebitelUz_bot
Открыть в Telegram