Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan murojaat yuzasidan Agentlik munosabati
2026-yil 7-aprel kuni Instagram* ijtimoiy tarmog‘ida fuqaro O.O. tomonidan e’lon qilingan “Amirni qutqaring” mazmunidagi murojaat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi quyidagilarni ma’lum qiladi.
Mazkur masala yuzasidan avval ham
rasmiy axborot berilgan. Shu bilan birga, holat yuzasidan to‘liq va xolis tasavvur shakllanishi uchun qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.
Murojaatda tilga olingan Rossiya Federatsiyasi fuqarosi P.E. bola uchun begona shaxs emas. U bola onasining yaqin qarindoshi bo‘lib, avval O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan hamda oila doirasida yaqin aloqada bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, bola ona uchun uzoq kutilgan farzand bo‘lgan. Bola 11 oyligida onasidan ayrilgan va ushbu og‘ir vaziyatda unga g‘amxo‘rlik qilish masalasi dolzarb bo‘lgan.
Ona vafotidan avval o‘z irodasini bildirib, farzandi taqdiri yuzasidan qaror qabul qilgan. Mazkur iroda asosida 2024-yilda P.E. rasmiy ravishda vasiy etib tayinlangan va bola parvarishini o‘z zimmasiga olgan.
O‘zbekiston Respublikasi Kishinyov konvensiyasi ishtirokchisi hisoblanadi. Unga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasida belgilangan vasiylik O‘zbekiston hududida ham tan olinadi.
Shu bilan birga, Agentlik bolaga oid barcha qarorlar qabul qilinishida nafaqat huquqiy asoslar, balki bolaning eng ustun manfaatlari, uning hissiy holati va kim bilan yashash istagi ham albatta inobatga olinishi lozimligini alohida ta’kidlaydi.
Ayni paytda bola qonuniy vakilidan belgilangan tartiblarga to‘liq rioya etilmagan holda ajratilgani holatlari o‘rganilmoqda.
Qo‘shimcha ravishda ma’lum qilamizki, marhumadan bola nomiga O‘zbekiston hududida 2 ta turar joy meros sifatida qolgan. Mazkur mulklardan foydalanishga taqiq qo‘yilganiga qaramay, Bekobod shahridagi turar joydan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi roziligisiz foydalanilayotgani aniqlangan.
Agentlik barcha masalalar faqat qonunchilik doirasida, xolislik va mas’uliyat tamoyillari asosida ko‘rib chiqilishini bildiradi.
�
telegram �
instagram*
�
facebook* �
xcom
�
youtube �
ihma.uz
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram