avatar
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
Переслано от канала
31.07.2026 03:35
RASMIY MUNOSABAT
 
Avval xabar berganimizdek, ijtimoiy tarmoqlarda Mirzo Ulug‘bek tumani “Habib Abdullayev” mahallasida yashovchi fuqaro L.Juravlyovaning yashash sharoiti aks etgan videomurojaat Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan alohida nazoratga olindi.
 
Agentlikning hududiy mas’ullari hamda soha mutaxassislari ushbu holatni o‘rganish maqsadida joyiga chiqib, atroflicha tekshiruv o‘tkazdi.
 
O‘rganish davomida ma’lum bo‘lishicha, fuqaroga 2026-yil 11-iyun kunidan boshlab uy sharoitida ijtimoiy-maishiy yordam ko‘rsatish xizmati uchun vaucher shakllantirilgan bo‘lib, haftasiga 4 marotaba xizmat ko‘rsatib kelingan. Shuningdek, tuman tibbiyot birlashmasining xulosasiga ko‘ra, fuqaro kognitiv buzilishlar va tomirli demensiya kasalligidan aziyat chekayotgani aniqlangan hamda muntazam shifokor nazoratida bo‘lib kelgan.
 
Fuqaroning sog‘lig‘ini kompleks baholash maqsadida qo‘shimcha tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Ko‘rik yakuniga ko‘ra, L. Juravlyovaga “2-3-darajali distsirkulyator ensefalopatiya, kognitiv buzilishlar va tomirli demensiya” hamda “tarqoq osteoxondroz” tashxisi tasdiqlandi.
 
Mutaxassislar, shuningdek, fuqaroning xotira, fikrlash va atrof-muhitda mo‘ljal olish qobiliyati sustlashib, mustaqil ovqatlanish hamda kundalik ehtiyojlarini qondira olmayotganini aniqladi. Kuzatuv shuningdek, uning yolg‘iz qolganda o‘ziga va atrofdagilarga zarar yetkazish xavfi yuqori ekanini ko‘rsatdi (gaz jihozlaridan noto‘g‘ri foydalanish, eshikni ochiq qoldirish kabi holatlar).
 
Fuqaroning doimiy parvarishga muhtojligini inobatga olib, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan u Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markaziga joylashtirildi. Hozirgi kunda fuqaroga ushbu markazda tibbiy va 24 soatlik parvarish xizmati ko‘rsatilmoqda, sog‘lig‘i esa barqaror va munosib sharoit ta’minlanganligi ma’lum qilinadi.
 
Shu bilan birga, tuman “Inson” markazi va tibbiyot birlashmasi xodimlaridan iborat monitoring guruhi fuqaroning ahvoli og‘irlashib borayotganini o‘z vaqtida aniqlamagani va unga doimiy parvarishga muhtojlik darajasini belgilamagani sababli, tegishli mas’ullar egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Telegram
👍 67
14
🙏 10
89 7.6K
avatar
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
@ijtimoiyhimoya_agentligi
17.07.2026 15:11
Navbatdagi “Ochiq muloqot soati”da — moliyaviy mustaqillik va pulni boshqarish san’ati muhokama qilindi

Bugungi tezkor hayotda nafaqat daromad topish, balki mavjud moliyaviy resurslarni oqilona boshqarish, to‘g‘ri taqsimlash va samarali ko‘paytirish har bir inson uchun muhim hayotiy ko‘nikmaga aylanmoqda.

Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligida navbatdagi “Ochiq muloqot soati” tashkil etildi.

Tadbir mehmoni sifatida Shohida Ibragimova, PhD“Ayol by CAU” MCHJ mikromoliya tashkiloti direktori ishtirok etdi. Ochiq muloqot davomida moliyaviy savodxonlikni oshirish, shaxsiy budjetni samarali rejalashtirish, jamg‘arma shakllantirish, investitsiya qilishning asosiy tamoyillari hamda moliyaviy mustaqillikka erishish yo‘llari yuzasidan foydali tavsiya va amaliy maslahatlar berildi.

Shuningdek, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan batafsil javob oldilar.

telegram    instagram*  
facebook*   xcom
youtube     ihma.uz
14
👍 9
👏 4
🙏 1
13 4.9K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

37.1K
Открыть в Telegram