avatar
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
@ijtimoiyhimoya_agentligi
07.04.2026 22:00
Instagram* ijtimoiy tarmog‘ida 2026 yil 7 aprel kuni fuqaro O.O. tomonidan “amirni qutqaring” mazmunida e’lon qilingan murojaat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi quyidagilarni ma’lum qiladi.

Mazkur murojaatda keltirilgan ayrim ma’lumotlar noto‘g‘ri talqin qilingan.

Agentlikda tashkil etilgan Xalqaro tarbiyaga berish komissiyasi ishida Rossiya Federatsiyasi fuqarosi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan, yolg‘iz onasi vafot etgan B.A. ismli bolani vasiylikka olish yuzasidan murojaat mavjud bo'lib, mutaxassislar tomonidan o'rganilmoqda.

Qayd etish lozimki, mazkur murojaat qiluvchi shaxs bolaning yaqin qarindoshi hisoblanadi, ya’ni u begona shaxs emas.

Hozirgi vaqtda ushbu masala bolaning manfaatlari ustuvorligi tamoyili asosida, amaldagi qonunchilik doirasida ko‘rib chiqilmoqda.

Komissiya qarori qabul qilingandan so‘ng, jamoatchilikka qo‘shimcha axborot taqdim etiladi.

telegram    instagram*  
facebook*   xcom
youtube     ihma.uz
22
10 6.5K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

34.4K
Открыть в Telegram