H
Huquqiy axborot | Lotin
@huquqiyaxborot_lotin
28.04.2026 10:01
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Parvarishlash nafaqasi tayinlanadigan shaxslar toifasi kengaytiriladi


💰 Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-sentyabrdan 18 va undan katta yoshdagi chuqur darajadagi aqliy zaiflik tashxisi qo‘yilgan shaxslarning parvarishi bilan band bo‘lgan qonuniy vakilga o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga beriladigan nafaqa miqdorida har oyda parvarishlash nafaqasi beriladi.

🏛 Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun “Muruvvat” internat uylari nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun “G‘amxo‘rlik” markazlari etib qayta nomlanadi.

📁 Agentlik huzurida Nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishini muvofiqlashtirish markazi tashkil etiladi.

🗒 2026-yil 1-maydan “G‘amxo‘rlik” markazlariga quyidagi toifadagi shaxslar qabul qilinadi:

🔹 Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasiga muvofiq joylashtirilishi belgilangan nogironligi bo‘lgan bolalar;

🔹 oila a’zolari, shuningdek, yaqin qarindoshlari mavjud bo‘lmagan va o‘z egaligida turarjoyga ega bo‘lmagan yoki yashash uchun yaroqsiz holatdagi turarjoyda yashayotgan o‘zgalar parvarishiga muhtoj ruhiy holati buzilgan I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;

🔹 yuqoridagi toifaga kirmaydigan ruhiy holati buzilgan I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar.

📜 “G‘amxo‘rlik” markazlarida ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning quyidagi yangi tartibi joriy etiladi:

🔸 ruhiy holati buzilgan nogironligi bo‘lgan shaxslar ijtimoiy yondashuv asosida sport, ijodiy, ergoterapiya mehnat va ijtimoiy-ma’naviy terapiyaga jalb etish orqali reabilitatsiya qilinadi;

🔸 ruhiy holati buzilgan nogironligi bo‘lgan shaxslarni mustaqil hayotga tayyorlashga qaratilgan “Murabbiy kuzatuvida” mustaqil yashash xizmati yo‘lga qo‘yiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
@huquqiyaxborot_lotin
5 1.2K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram
H

Huquqiy axborot | Lotin

7.2K
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Открыть в Telegram