#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Nogironlik belgilangan bolalar uchun “Erta aralashuv” xizmati yo‘lga qo‘yiladi
“Ruhiy holati buzilgan nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–69-son, 27.04.2026-y.) qabul qilindi.
🔰 Farmonga ko‘ra, bolalarning jismoniy-aqliy rivojlanishida kuzatiladigan nuqsonlarni erta aniqlash va o‘z vaqtida kompleks ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olish maqsadida 2026-yil 1-iyungacha bosqichma-bosqich
“Erta aralashuv” xizmati yo‘lga qo‘yiladi.
▶️ “Erta aralashuv” xizmati doirasida:
🔹 nogironlik belgilangan yoki jismoniy-aqliy rivojlanishida nuqsonlari mavjud
3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga Ijtimoiy himoya milliy agentligi
( Agentlik) tomonidan “
Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida yuritiladigan maxsus elektron reyestrga kiritilgan nodavlat tashkilotlar tomonidan xizmat ko‘rsatiladi;
🔹 bolalarga maxsus pedagoglar tomonidan
korreksion (rivojlantiruvchi) pedagogik yordam ko‘rsatiladi hamda davolovchi jismoniy tarbiya yo‘riqchilari tomonidan kompleks rivojlantiruvchi reabilitatsion mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.
💸 Nogironlik belgilari aniq ko‘rinib turgan, anatomik nuqsonlar bilan tug‘ilgan bolalarni qo‘shimcha
tibbiy tekshiruv va
jarrohlik amaliyotini o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi hisobidan qoplanadi.
Kanalga ulanish👇👇👇
@huquqiyaxborot_lotin
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram