H
Huquqiy axborot | Lotin
@huquqiyaxborot_lotin
28.04.2026 09:47
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Oilaviy muhitga yaqin shakldagi yangi ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatiladi


Farmonga ko‘ra, mo‘tadil, og‘ir va chuqur darajadagi aqliy zaiflik yoki demensiya tashxisi qo‘yilgan I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun oilaviy muhitga yaqin shakldagi quyidagi yangi ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish bosqichma-bosqich joriy etiladi:

🔸 2026 yil 1 iyungacha “Yangi kun” kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati;

🔸 2026-yil 1-sentyabrgacha uy sharoitida qarab turish xizmati;

🔸 2026-yil 1-oktyabrgacha kichik hajmli “Madad” uyi xizmati;

🔸 2026-yil 1-noyabrga qadar “Ijtimoiy ta’til” qisqa muddatli joylashtirish xizmati. Bunda ushbu xizmat:

➖ kichik hajmli “Madad” uylarida tashkil qilinadi;

➖ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan ruhiy holati buzilgan I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga ularning qonuniy vakili bilan imzolanadigan shartnomaga muvofiq 1 yilda 1 marotaba shartnomada belgilangan muddatda, biroq ko‘pi bilan 2 hafta davomida ko‘rsatiladi.

⌛️ 2026-yil 1-iyundan tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi vasiylik va homiylik bo‘yicha komissiyalar tarkibiga “Inson” markazlari xodimlari kiritiladi.

🗒 2026-yil 1-iyundan ruhiy holati buzilgan shaxslarga vasiy yoki homiy sifatida tayinlangan shaxslarning vasiylik yoki homiylikdagi shaxslar oldidagi majburiyatlarining bajarilishi “Inson” markazi tomonidan monitoring qilib boriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
@huquqiyaxborot_lotin
7 1.2K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram
H

Huquqiy axborot | Lotin

7.2K
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Открыть в Telegram