H
Huquqiy axborot | Lotin
@huquqiyaxborot_lotin
23.04.2026 15:49
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Madaniyat ta’limi muassasalari rivojlantiriladi


🔰 Qarorga ko‘ra, 2026/2027-o‘quv yilidan Respublika musiqa va san’at texnikumi hamda Respublika estrada va sirk texnikumida:

🔹 2 yillik boshlang‘ich kasbiy ta’lim, 6 oydan 2 yilgacha bo‘lgan muddatda o‘rta kasbiy ta’lim hamda kamida 2 yillik o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlari asosida o‘qitish tizimi joriy etiladi;

🔹 bakalavriat ta’lim dasturlari bilan integratsiyalashtirilgan “2+2” dasturlari asosida o‘qitishga ruxsat beriladi.

✅ Shuningdek, 2026/2027-o‘quv yilidan Madaniyat vazirligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablarida:

🔸 o‘quvchilar musiqa yo‘nalishida 5-sinfdan hamda raqs, teatr, xalq ijodiyoti, tasviriy va amaliy san’at yo‘nalishlarida
9-sinfdan boshlab qabul qilinadi;

🔸 maktab-internatlar uchun belgilangan amaldagi normalar tatbiq etiladi, jumladan, maktab o‘quvchilarining ta’lim olish va yashash xarajatlari to‘liq Davlat budjeti hisobidan, ularni ovqatlantirish xarajatlari Davlat budjeti hamda ota-onalar to‘lovi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi;

🔸 Madaniyat vazirligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlarning bitiruvchilariga bolalar musiqa va san’at maktablarida o‘qituvchilik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi beriladi.

📝 2026-yil 1-iyuldan tajriba tariqasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bittadan “Madaniyat mehmonxonasi” madaniy klasteri investitsiya loyihasi (investitsiya loyihasi) amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
@huquqiyaxborot_lotin
5 1.3K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram
H

Huquqiy axborot | Lotin

7.2K
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Открыть в Telegram