H
Huquqiy axborot | Lotin
@huquqiyaxborot_lotin
23.04.2026 12:42
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Madaniyat va san’at sohasida boshqaruv takomillashtiriladi


“Madaniyat va san’at sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish hamda xususiy sektor ishtirokini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–150-son, 21.04.2026-y.) qabul qilindi.

🔰 Qarorga ko‘ra, Madaniyat vazirligi tizimidagi madaniyat markazlari quyidagi shakllarda transformatsiya qilinadi:

🔹 Madaniyat vazirligi tizimidagi madaniyat markazlari faoliyati nomoddiy madaniy merosni targ‘ib qilish, havaskorlik san’atini rivojlantirish, shuningdek, texnologiya, muhandislik, hunarmandchilik va boshqa yangi yo‘nalishlarda yo‘lga qo‘yiladi;

🔹 tuman (shahar) hokimliklari tizimiga o‘tkaziladi;

🔹 xususiy investitsiyalarni jalb etish va (yoki) ilg‘or boshqaruv tajribasini joriy etish maqsadida davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;

🔹 resurslardan oqilona foydalanish uchun samarasiz madaniyat markazlari faoliyati maqbullashtiriladi.

🏛 2026-yil 1-iyuldan “Tumor” davlat raqs ansambli” davlat muassasasi tashkil etiladi.

🏅 Madaniyat bo‘limlari Madaniyat vazirligi tomonidan yuritiladigan reyting natijalari asosida rag‘batlantiriladi. Bunda:

🔸 reyting 2027-yildan boshlab har yilning yakuni bo‘yicha yuritiladi hamda unda madaniy tadbirlarga aholi qamrovi va milliy qadriyatlarni asrash bilan bog‘liq ko‘rsatkichlarga ustuvorlik beriladi;

🔸 reytingda eng yuqori o‘rinni egallagan madaniyat bo‘limlari Davlat budjeti hisobidan rag‘batlantirib boriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
@huquqiyaxborot_lotin
13 1.6K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram
H

Huquqiy axborot | Lotin

7.2K
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Открыть в Telegram