#bilasizmi
�� Avtotransport vositasi uchun reklama joyining pasportini rasmiylashtirish tartibini bilasizmi
?
✅ Arizalar
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (
my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.
����Tegishli reklama va axborotning
eskizi hamda
ishonchnoma (uchinchi shaxs tomonidan murojaat qilinganda) arizaga ilova qilinadi.
��Davlat xizmati ko'rsatilganligi uchun
BHM 1 baravari miqdorida yig'im undiriladi.
⏰ Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati:
5 ish kuni.
�� Reklama joyining pasporti
1 yil muddatga beriladi.
‼️ Eslatma: reklamani joylashtirishga bo‘lgan huquq uchun miqdori Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan belgilanadigan yig'imni to'lash l
ozim.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-son
qarori
.
✨
Raqamli davlat xizmatlari sizning qulayligingiz uchun!
Telegram | Instagram* |
Facebook* |
YouTube |
Bot
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Davlat xizmatlari yangiliklari
PROFESSIONAL TARJIMA XIZMATLARI
“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi tomonidan qonunchilik hujjatlarini tarjima qilish tizimi zamonaviy yondashuv asosida yo‘lga qo‘yilgan.
Maqsadimiz: Hujjatlarni aniq, ishonchli va huquqiy jihatdan mukammal tarzda tarjima qilish.
Biz quyidagi asosiy xizmat turlarini taklif qilamiz:
Yuqori malakali tarjimonlar tomonidan hujjatlarning
o‘zbek, rus, ingliz va boshqa istalgan tillarga sifatli tarjima qilinishi;
Yuridik atamalarning
aniq va to‘g‘ri qo‘llanilishi;
Matnlarning
qisqa muddatda tarjima qilinishini ta’minlash.
Tarjimalar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi:
• normativ-huquqiy hujjatlar;
• yuridik adabiyotlar;
• kodekslarga ilmiy-amaliy sharhlar;
• ilmiy ishlar, dissertatsiyalar va avtoreferatlar;
• badiiy tarjima va turli mavzulardagi kitoblar;
• ijtimoiy, siyosiy va boshqa mazmundagi matnlar.
Ushbu tizim huquqiy axborotni keng jamoatchilikka tezkor, tushunarli tarzda va yuqori sifat bilan yetkazishga xizmat qiladi
.
Bog'lanish uchun: (55) 510 47 87
Elektron pochta: info@adolatmarkazi.uz
Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shoh ko'chasi, 19-uy
Davlat xizmatlari yangiliklari
Voyaga yetmaganlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini cheklash: siz bunga qanday qaraysiz?
Bugun har bir ota-ona o‘ziga bu savolni berishi kerak.
Ijtimoiy tarmoqlar,
zararli kontent, noma’lum
begonalar...
Bolalarimiz har kuni shu xatarlar bilan yuzma-yuz. Lekin biz ularni himoya qila olamizmi?
Adliya vazirligi voyaga yetmaganlarning raqamli dunyodagi xavfsizligi mavzusida maxsus ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazmoqda.

Atigi 2-3 daqiqangizni ajrating — bu bolalarimizning kelajagi uchun!
So‘rovnomada ishtirok eting:
___________________________
O‘zbek tilidagi so‘rovnoma
Voyaga yetmaganlar uchun
→ Havola bu yerda
����Ota-onalar uchun →
Havola bu yerda
__
Анкета на русском языке
Для несовершеннолетних →
Ссылка здесь
����Для родителей →
Ссылка здесь
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
Telegram
| Instagram* |
Facebook
| YouTube
| Bot
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
#adliya_yangiliklari
Infokiosklar — qulaylik va tezkor xizmat kafolati
Aholiga yanada qulay sharoit yaratish maqsadida adliya organlarida infokiosklar orqali davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytirilmoqda.
❗️Infokiosklar yordamida siz:
�� Davlat xizmatlari haqida ma’lumot olasiz
�� Kerakli hujjatlar ro‘yxati bilan tanishasiz
�� Ariza topshirish tartibini o‘rganasiz
�� To‘lovlarni amalga oshirasiz
�� Yo‘nalish va xizmatlar bo‘yicha tezkor maslahat olasiz
Eng muhimi, infokiosklar fuqarolarga ortiqcha navbatlarsiz, mustaqil va qulay tarzda xizmatlardan foydalanish imkonini yaratmoqda.
Adliya organlarida joriy etilgan mazkur tizim aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga qaratilgan muhim amaliy qadamlardan biridir.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
Telegram
| Instagram* |
Facebook
| YouTube
| Bot
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Davlat xizmatlari yangiliklari
#qulaylik
☄️
Noturar ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlaringizni kompozit tarzda ro'yxatdan o'tkazing!
✅ Yuridik shaxslar o'rtasidagi noturar ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishga oid shartnomalarni rasmiylashtirish, unga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha xizmatlarni kompozit tarzda taqdim etamiz:
1️⃣Ariza beruvchilar xizmatdan foydalanish uchun
Davlat xizmatlari markaziga murojaat qiladilar;
2️⃣ Markaz ariza beruvchilarning shaxsini aniqlaydi va shartnoma ular tomonidan shaxsan imzolanganligini tasdiqlaydi hamda shartnomani
Davlat kadastrlari palatasiga yuboradi;
3️⃣ Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalari
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va davlat reyestridan ko‘chirmani Markazga yuboradi;
4️⃣ Markaz ko‘chirma kelib tushgandan so‘ng uni ariza beruvchilarning elektron manziliga yuboradi.
✨
Unutmang, biz sizning qulayligingiz uchun ishlaymiz!
��
Telegram |��
Instagram* |��
Facebook* | ▶️
YouTube | ��
Bot
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
✨
Xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish yanada oson!
���� Xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markazlari, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (
my.gov.uz) orqali ariza yuborishingiz mumkin.
�� Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza yuborgan taqdiringizda, tegishli biometrik ma'lumotlar olinishi uchun ma'lumotlarni yig'ish punktiga tashrif buyurishingiz lozim
.
✅️ Arizangizni ko'rib chiqish muvaffaqiyatli yakunlansa, xizmat natijasini Davlat xizmatlari markazidan
shaxsan olib ketishingiz yoki
pochta orqali qabul qilib olishingiz mumkin.
�� Foydali ma'lumotlarni yaqinlaringiz bilan ulashing va bizni kuzatishda davom eting!
Telegram |
Instagram* | Facebook* |
YouTube |
Bote
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
#Adliya_tabrigi
Adliya vazirligi barcha yurtdoshlarimizni yangilanish va yasharish ayyomi,
21-mart – Navro‘z bayrami bilan samimiy muborakbod etadi!
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram |
Instagram* | Facebook* |
YouTube |
Bote
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
�� Ipoteka krediti uchun my.gov.uz orqali subsidiyaga arizalari qabuli boshlandi!
Sizda o‘z xonadoningizga ega bo‘lish imkoniyati bor. Bugun,
16-mart soat 14:00 dan boshlab, ipoteka kreditlari uchun davlat subsidiyasiga arizalar qabul qilinishi yo‘lga qo‘yildi.
Prezidentning 2026-yil 27-yanvardagi
PF–29-sonli Farmoniga asosan, joriy yilda
30 000 nafar fuqaroga jami
2,7 trillion so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan.
�� Kreditning yuqori miqdorlari qancha?
Toshkent shahri uchun: 480 mln so‘mgacha.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va v
iloyatlar uchun: 380 mln so‘mgacha.
�� Kimlar ariza topshirishi mumkin? (Asosiy talablar)
Subsidiya olish uchun quyidagi mezonlarga mos kelishingiz kerak:
Ball tizimi: Ijtimoiy mezonlar bo‘yicha kamida 30 ball to‘plashingiz lozim.
Uy-joy yo‘qligi: Ariza beruvchi va uning turmush o‘rtog‘i nomida shaxsiy turar joy mavjud bo‘lmasligi shart.
Daromad chegarasi (oylik o‘rtacha):
Viloyatlarda: 3,4 mln so‘mdan 10,1 mln so‘mgacha.
Toshkent shahrida: 3,4 mln so‘mdan 11,6 mln so‘mgacha. (Bu daromadga yaqin qarindoshlarning daromadini ham qo
‘shish mumkin).
�� Arizani qayerda va qanday topshirish kerak?
Navbat kutmasdan, o‘zingizga qulay usulni tanlang:
��
my.gov.uz portali orqali onlayn.
��
MyGov mobil ilovasi orqali.
��♂️
Davlat xizmatlari markazlariga (DXM) shaxsan tashrif buyurgan holda.
��
Muhim eslatma: Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun alohida imtiyozli baholash mezonlari amal qiladi.
Limitlar soni cheklangan, shuning uchun hujjat topshirishga shoshiling! Bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang.
@u_generalissimus
#biz_giyohvandlikka_qarshimiz
Yoshlar — jamiyatimizning eng katta boyligi. Ularning sog‘lom, ongli va maqsadli hayot kechirishi esa mamlakatimiz kelajagining mustahkam poydevoridir.
Giyohvandlik illati nafaqat inson salomatligiga, balki jamiyat barqarorligi va taraqqiyotiga ham jiddiy xavf tug‘diradi. Shu bois ushbu illatga qarshi kurashish, uning oldini olish hamda yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish muhim vazifalardan biridir.
Adliya organlari tomonidan ham yoshlarni turli zararli illatlardan asrash, ularning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari izchil amalga oshirilmoqda.
Barchani giyohvandlikka qarshi kurashishda befarq bo‘lmaslikka, sog‘lom turmush tarzini tanlashga hamda yoshlarimizni zararli illatlardan asrashga chorlaymiz.
Sog‘lom avlod — sog‘lom jamiyat va yorqin kelajak garovidir.
Telegram |
Instagram* | Facebook* |
YouTube |
Bot
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Davlat xizmatlari yangiliklari
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Davlat xizmatlari yangiliklari
Vengriya adliya vaziri o‘rinbosari, qonunchilik ishlari bo‘yicha davlat kotibi Zoltan Totning O’zbekistonga xizmat safari davomida olgan taassurotlari
Bu yerda biz juda qimmatli tajribaga guvoh bo‘ldik. Bizda ham ko‘plab xizmatlar mavjud va turli ishlar amalga oshiriladi. Biroq fuqarolar hamda tadbirkorlar barcha xizmatlarni bir joyning o‘zida va markazlashgan tarzda hal qila oladigan tizim bizda hali mavjud emas.
Shu sababli bu yerda ko‘rgan tajribamiz biz uchun juda muhim va o‘rganishga arziydi. Haqiqatan ham juda samarali va ilg‘or amaliyotga guvoh bo‘ldik.
Bu yerda ko‘rgan ayrim jarayonlar men uchun mutlaqo yangilik bo‘ldi . Bunday tizimni ilgari ko‘rmaganman.
Hayotim davomida men deyarli barcha turdagi huquqiy jarayonlardan qatnashganman: bir tomondan oddiy fuqaro sifatida, ikkinchi tomondan esa notarius sifatida. Ammo bu yerda ko‘rganim meni chinakamiga hayratga soldi.
Menda eng katta taassurot qoldirgan narsa bu xizmatlar fuqarolar uchun naqadar qulay va mijozga yo‘naltirilgan tarzda tashkil etilganidir. Bu tajriba bilan almashganinglar uchun sizlarga yana bir bor samimiy rahmat aytaman.
Telegram |
Instagram* | Facebook* |
YouTube |
Bot
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Davlat xizmatlari yangiliklari
Davlat xizmatlarini optimallashtirish orqali yiliga 90 milliard so'm tejaldi
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Davlat xizmatlarini tahlil qilish va rivojlantirish boshqarmasi bosh maslahatchisi - Yahyoxon Jo‘rayev "KUTILGAN FURSAT" sahnasid
a!
Bizga obuna bo'lishni unutmang!
YouTube |
Instagram* |
Facebook*
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Adliya vazirligi tashabbusi bilan otalikni belgilash tartibidagi muhim huquqiy masalani hal etishga qaratilgan qonun loyihasi ishlab chiqildi
Muammo nimada?
Bugungi tartibga ko‘ra, agar bola nikohdan tashqari tug‘ilgan bo‘lsa, uning otaligi ona va o‘zini ota deb tan olgan shaxsning FHDY organiga bergan qo‘shma arizasi asosida rasmiylashtiriladi.
Biroq amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, ayrim holatlarda bola tug‘ilganidan keyin turli sabablarga ko‘ra uning otaligi biologik otasi bo‘lmagan shaxs nomiga rasmiylashtirilmoqda.
Bunday holatda haqiqiy biologik ota keyinchalik o‘z huquqlarini himoya qilishda jiddiy to‘siqlarga duch keladi. Hatto bolaning o‘zi ham ushbu yozuvga nisbatan aniq belgilangan huquqiy mexanizm orqali e’tiroz bildira olmaydi.
Natijada oilaviy nizolar, sud tortishuvlari va eng muhimi — bolaning manfaatlari xavf ostida qolmoqda.
Hayotiy misol
Advokatlik amaliyotida uchragan holatda, chet el fuqarosi bo‘lgan biologik ota xorijda bo‘lgani sababli bola dastlab “yolg‘iz onalik” asosida ro‘yxatga olingan. Keyinchalik esa boshqa shaxsning roziligi bilan otalik rasmiylashtirilgan.
Oradan vaqt o‘tib, haqiqiy ota o‘z farzandi bilan bog‘liq huquqlarini tiklashga uringanida, qonunchilikdagi cheklovlar sabab murakkab vaziyat yuzaga kelgan.
Taklif etilayotgan yechim
Qonun loyihasiga muvofiq o‘zini bolaning biologik otasi yoki onasi deb da’vo qilayotgan shaxs va farzand fuqarolik holati dalolatnomasidagi tegishli yozuvga nisbatan sud tartibida e’tiroz bildirish huquqiga ega bo‘ladi.
Bu nimani anglatadi?
Agar loyiha qabul qilinsa:
bolaning manfaatlari yanada ishonchli himoya qilinadi;
biologik ota-onalarning huquqlari kafolatlanadi;
oilaviy munosabatlarda adolat tamoyili mustahkamlanadi.
Telegram |
Instagram* | Facebook* |
YouTube |
Bot
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
#bilasizmi
�� Avtotransport vositasi uchun reklama joyining pasportini rasmiylashtirish tartibini bilasizmi
?
✅ Arizalar
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (
my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.
����Tegishli reklama va axborotning
eskizi hamda
ishonchnoma (uchinchi shaxs tomonidan murojaat qilinganda) arizaga ilova qilinadi.
��Davlat xizmati ko'rsatilganligi uchun
BHM 1 baravari miqdorida yig'im undiriladi.
⏰ Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati:
5 ish kuni.
�� Reklama joyining pasporti
1 yil muddatga beriladi.
‼️ Eslatma: reklamani joylashtirishga bo‘lgan huquq uchun miqdori Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan belgilanadigan yig'imni to'lash l
ozim.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-son
qarori
.
✨
Raqamli davlat xizmatlari sizning qulayligingiz uchun!
Telegram | Instagram* |
Facebook* |
YouTube |
Bot
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Davlat xizmatlari yangiliklari
#Adliya_tabrigi
Aziz ayollar!
Sizlarni
8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbdan samimiy muborakbod etamiz.
Sizlarga sihat-salomatlik, oilangizga tinchlik-xotirjamlik tilaymiz. Doimo e'tibor va e'tirofda, aziz va mukarram bo'lib yuring! Bayramingiz muborak bo'lsin!
Hurmat bilan Adliya vazirligi jamoasi
Telegram |
Instagram* | Facebook* |
YouTube |
Bot
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Davlat xizmatlari yangiliklari
FHDY sohasidagi “kecha va bugun” farqini ushbu videorolik orqali ko‘rishingiz mumkin.
Bir vaqtlar FHDY xizmatlari — uzoq navbatlar, ortiqcha hujjatlar va idorama-idora yurishlar bilan bog‘liq jarayon edi.
Navbat kutilgan, qog‘oz hujjatlar yig‘ilgan, ba’zan oddiy ma’lumot uchun ham bir necha bor borib kelishga to‘g‘ri kelgan.
Bugun esa vaziyat mutlaqo boshqacha.
Raqamlashtirish tufayli FHDY xizmatlari tez, qulay va shaffof tizimga aylandi.
Endi ko‘plab xizmatlar elektron shaklda taqdim etiladi, ortiqcha sarsongarchiliklar bartaraf etilgan.
Instagram*:
https://www.instagram*.com/reel/DVilBb3CG3O/?igsh=MjdwZnVwMzZpM2li
Telegram |
Instagram* | Facebook* |
YouTube |
Bot
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Adliya ayoli...
✨U oʻzidan ortib odamlarni eshitadi, muammolariga yechim beradi.
✨U hech qachon izlashdan, oʻrganishdan, muhokamalardan tolmaydi.
✨U ziyo ulashadi, katta maydonlarda bilimi, tafakkuri bilan bellashadi.
Adliya ayolning shuncha vazifalari, shuncha masʼuliyati bor. Ammo ular hamma ayollar qatori mehrga oshno, ezgulik ulashuvchi, qalbi sanʼatga oshufta oddiygina ayol.
Tuygʻularini qogʻozlarda tasvirlaydigan, gʻayratini sportda koʻrsatadigan, mehnatkash, mashaqqatni pisand etmaydigan,
doimo eʼzozli adliya ayoli.
Telegram |
Instagram* | Facebook* |
YouTube |
Bot
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ