avatar
Davlat xizmatlari yangiliklari
@davxizmat
16.03.2026 14:41
�� Ipoteka krediti uchun my.gov.uz orqali subsidiyaga arizalari qabuli boshlandi!

Sizda o‘z xonadoningizga ega bo‘lish imkoniyati bor. Bugun, 16-mart soat 14:00 dan boshlab, ipoteka kreditlari uchun davlat subsidiyasiga arizalar qabul qilinishi yo‘lga qo‘yildi.

Prezidentning 2026-yil 27-yanvardagi PF–29-sonli Farmoniga asosan, joriy yilda 30 000 nafar fuqaroga jami 2,7 trillion so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan.

�� Kreditning yuqori miqdorlari qancha?
Toshkent shahri uchun:
480 mln so‘mgacha.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar uchun: 380 mln so‘mgacha.

�� Kimlar ariza topshirishi mumkin? (Asosiy talablar)

Subsidiya olish uchun quyidagi mezonlarga mos kelishingiz kerak:

Ball tizimi: Ijtimoiy mezonlar bo‘yicha kamida 30 ball to‘plashingiz lozim.

Uy-joy yo‘qligi: Ariza beruvchi va uning turmush o‘rtog‘i nomida shaxsiy turar joy mavjud bo‘lmasligi shart.

Daromad chegarasi (oylik o‘rtacha):

Viloyatlarda: 3,4 mln so‘mdan 10,1 mln so‘mgacha.
Toshkent shahrida: 3,4 mln so‘mdan 11,6 mln so‘mgacha. (Bu daromadga yaqin qarindoshlarning daromadini ham qo
‘shish mumkin).

�� Arizani qayerda va qanday topshirish kerak?
Navbat kutmasdan, o‘zingizga qulay usulni tanlang:
�� my.gov.uz portali orqali onlayn.
�� MyGov mobil ilovasi orqali.
��‍♂️ Davlat xizmatlari markazlariga (DXM) shaxsan tashrif buyurgan holda.

�� Muhim eslatma: Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun alohida imtiyozli baholash mezonlari amal qiladi.

Limitlar soni cheklangan, shuning uchun hujjat topshirishga shoshiling! Bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang.

@u_generalissimus
71
👍 5
218 44.6K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Davlat xizmatlari yangiliklari

64.8K
Открыть в Telegram