avatar
Davlat xizmatlari yangiliklari
Переслано от ADLIYA YANGILIKLARI
15.03.2026 13:06
Vengriya adliya vaziri o‘rinbosari, qonunchilik ishlari bo‘yicha davlat kotibi Zoltan Totning O’zbekistonga xizmat safari davomida olgan taassurotlari

Bu yerda biz juda qimmatli tajribaga guvoh bo‘ldik. Bizda ham ko‘plab xizmatlar mavjud va turli ishlar amalga oshiriladi. Biroq fuqarolar hamda tadbirkorlar barcha xizmatlarni bir joyning o‘zida va markazlashgan tarzda hal qila oladigan tizim bizda hali mavjud emas.

Shu sababli bu yerda ko‘rgan tajribamiz biz uchun juda muhim va o‘rganishga arziydi. Haqiqatan ham juda samarali va ilg‘or amaliyotga guvoh bo‘ldik.

Bu yerda ko‘rgan ayrim jarayonlar men uchun mutlaqo yangilik bo‘ldi . Bunday tizimni ilgari ko‘rmaganman.

Hayotim davomida men deyarli barcha turdagi huquqiy jarayonlardan qatnashganman: bir tomondan oddiy fuqaro sifatida, ikkinchi tomondan esa notarius sifatida. Ammo bu yerda ko‘rganim meni chinakamiga hayratga soldi.

Menda eng katta taassurot qoldirgan narsa bu xizmatlar fuqarolar uchun naqadar qulay va mijozga yo‘naltirilgan tarzda tashkil etilganidir. Bu tajriba bilan almashganinglar uchun sizlarga yana bir bor samimiy rahmat aytaman.


Telegram | Instagram* | Facebook* | YouTube | Bot
19
👍 6
8 23.2K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Davlat xizmatlari yangiliklari

64.8K
Открыть в Telegram