#biz_giyohvandlikka_qarshimiz
Yoshlar — jamiyatimizning eng katta boyligi. Ularning sog‘lom, ongli va maqsadli hayot kechirishi esa mamlakatimiz kelajagining mustahkam poydevoridir.
Giyohvandlik illati nafaqat inson salomatligiga, balki jamiyat barqarorligi va taraqqiyotiga ham jiddiy xavf tug‘diradi. Shu bois ushbu illatga qarshi kurashish, uning oldini olish hamda yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish muhim vazifalardan biridir.
Adliya organlari tomonidan ham yoshlarni turli zararli illatlardan asrash, ularning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari izchil amalga oshirilmoqda.
Barchani giyohvandlikka qarshi kurashishda befarq bo‘lmaslikka, sog‘lom turmush tarzini tanlashga hamda yoshlarimizni zararli illatlardan asrashga chorlaymiz.
Sog‘lom avlod — sog‘lom jamiyat va yorqin kelajak garovidir.
Telegram |
Instagram* | Facebook* |
YouTube |
Bot
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram