Paynet Xolis to‘liq ishga tushdi. Bu yangi bozor boshlanishi
2025-yilning so‘nggi kunlarida yakka tartibdagi tadbirkorlarni Paynet Xolisda ro‘yxatdan o‘tishga majburlashayotgani haqida xabarlar tarqaldi.
Soliq qo‘mitasi buni inkor etib, barchasi ixtiyoriy ekanligini ma’lum qildi.
Joylarda kimdir haqiqatan ham oshirib yuborgan bo‘lishi mumkin — bizda bunday holatlar bo‘lib turadi.
Umuman olganda, majburlashning hojati yo‘q — Xolis shunaqa imkoniyatlarni taqdim etadiki, odamlar o‘zi keladi.
Avval aytganimdek, ilgari tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilganlar 5-6 xil dastur o‘rnatishga, terminal, kassa, noutbuk sotib olishga majbur bo‘lishardi.
Shunchaki o‘z pullarini o‘z kartasiga o‘tkazish uchun ERI bilan ovora bo‘lish, STIR, tranzit hisobvaraqlar, to‘lov kodlari bilan to‘lov topshiriqnomalarini tayyorlash kerak bo‘lardi.
Bularning barchasi uzoq vaqt talab qiladigan, qimmat va murakkab jarayon edi.
Shu bois 2025-yilning yozida prezident "hammasi birda" raqamli platformalarga yo‘l ochib beruvchi hujjatni imzoladi.
Hisobotlar avtomatik tarzda shakllantiriladi va yuboriladi, hisob-fakturalar Face ID orqali tasdiqlanadi, elektron hamyon amalda hisob-kitob raqamini o‘rnini bosadi.
Natijada banklarga va davlat xizmatlari markazlariga borish, kassa va terminallar sotib olishga hojat qolmaydi. Biznesni yuritish uchun telefondagi bitta ilova kifoya qiladi.
Bu aynan hammaning kutgan narsasi edi, shuning uchun hech kimni majburlashning keragi yo‘q.
Bunday platformani IT Park rezidenti bo‘lmagan har qanday to‘lov kompaniyasi ishga tushirishi mumkin.
Bizda bundaylar yetarlicha:
Beepul, Multicard, Sello va boshqalar. Paynet shunchaki birinchi bo‘lib ulgurdi, xolos.
Menimcha, bu yerdagi mantiq shunday: IT Park rezidentlari shundoq ham yetarli imtiyozlarga ega, shuning uchun platformalar boshqalarga qoldirildi.
Shuning qilib, bu hali boshlanishi — endi to‘lov kompaniyalari nafaqat oddiy iste’molchilar, balki yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilganlar uchun ham raqobatlashadi.
@beshtorr
#fintex
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram