Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun zo’r xizmat ishga tushdi
Yozda prezident yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilganlarning hayotini yengillashtiradigan
qarorni imzolagan edi.
Unda "barchasi birda" tamoyili asosida ishlaydigan raqamli platformalarni yaratish nazarda tutilgan edi.
Mana, bittasi
Paynet ilovasida ishga tushirildi. Nomi —
Xolis.
U bilan endi kassa apparatlari, bank terminallari, kompyuter, kalit, fiskal modullar, internet-banking va hokazolar kerak emas.
Hisob raqami ochish uchun bankka, ERI olish uchun esa Davlat xizmatlari markaziga borish kerak emas.
Ilovada QR-kod yaratib, to‘lovlarni qabul qilaverasiz, barcha hisobotlar esa avtomatik tarzda shakllanadi va yuboriladi.
Natijada, agar ilgari YaTT sifatida ishlashni boshlash uchun
7,2 mln so‘m to‘lash kerak bo‘lgan bo‘lsa,
endi 0 bo‘ladi.
Bundan tashqari, endi ishlash ancha qulay va oson bo‘ladi — ilgari 5-6 xil dastur kerak bo‘lgan bo‘lsa, endi faqat telefon kerak, xolos.
Tez orada platformaning o‘zida kredit, lizing, omonat yoki sug‘urtani rasmiylashtirish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Xullas, barchasi bir joyda. Onlayn va ortiqcha xarajatlarsiz.
Bunday xizmat O‘zbekistonda ilgari bo‘lmagan. Boshqa mamlakatlarda ham shunga o‘xshash mahsulotlar kam uchraydi.
P.s. Darvoqe, 1 yanvardan aylanmasi 1 mlrd so‘mdan oshmagan YaTT uchun soliq atigi
1 foiz bo‘ladi.
@beshtorr
#mobayl #fintex
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram