O‘zbekistonda yana bir venchur exit sodir bo‘ldi. Va u ham muvaffaqiyatli
Sturgeon Capital venchur fondi
Finmedia kompaniyasidan chiqdi.
Qiziq tomoni shundaki, bu
founder buyback — ya’ni kompaniya asoschisi
Timur Rahmonov 2020-yilda kompaniyaning bir qismini sotgan, 2025-yilda esa uni qaytarib sotib olgan.
Sturgeon Capital bundan yaxshigina foyda ko‘rdi — o‘shanda, besh yil oldin u Finmedia’ga
$150 000 sarmoya kiritgan edi.
Shu vaqt mobaynida kompaniya yaxshi daromad qilib,
$200 000 dan ortiq dividend to‘ladi.
Natijada, o‘sha bitim fondga
2.9x DPI va taxminan 35% IRR keltirdi.
Soddaroq aytganda,
$150 000 mablag‘ kiritib, fond besh yil ichida taxminan
$435 000 oldi — bu yillik daromadi
35 foiz bo‘lgan deyarli uch barobar investitsiya qaytimi degani.
Bozorimiz mezonlari bo‘yicha zo’r ko‘rsatkichlar.
Bu Sturgeon Capital uchun O‘zbekistondagi ikkinchi chiqishdir —
ilgari fond BILLZ’dan chiqib, kiritgan mablag‘idan deyarli to‘rt baravar ko‘p daromad olgan edi.
Yaxshi bitim.
Hozir ko‘pchilik startaplarga sarmoya kiritishni xohlamaydi, chunki ular "Keyinchalik ulushimni kimga sotaman? Xaridorlar kam-ku" deb o‘ylashadi.
Ha, bu to‘g‘ri, ammo mana real misol paydo bo‘ldi — ulushni kimdan sotib olgan bo‘lsangiz, o‘shanga sotishingiz mumkin.
Shuning uchun
mana bu postdagi xulosamni takrorlayman — hozir ham startapchilar, ham investorlar uchun qulay payt. Keyinchalik qiyinroq va qimmatroq bo‘ladi.
Bitim haqida batafsil bu yerda o‘qishingiz mumkin. Ingliz tilida. Juda foydali.
@beshtorr
#startaplat #venchur #investitsiya
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram