avatar
Beshtor
@beshtorr
28.06.2025 06:30
O‘zbekistonda ilk bor venchurli "exit" yuz berdi

Kechagi bitim O‘zbekistonda birinchi marta venchur fondining muvaffaqiyatli chiqishiga (exit) olib keldi.

2020-yilda "Sturgeon Capital" fondi "BILLZ"ga $150 000 sarmoya kiritgan edi.

TBC startapning nazorat paketini sotib olganidan so‘ng, fond ushbu pulni 35 MOIC va 3,95 IRR miqdorida qaytardi.

Odam tiliga o‘giradigan bo‘lsak, "Sturgeon Capital" investitsiya qilganidan deyarli to‘rt baravar ko‘proq foyda oldi, yillik daromad taxminan 35 foizni tashkil etdi.

Bu juda yaxshi ko‘rsatkichlar. Jamg‘arma natija bunchalik yaxshi bo‘lishini kutmagan bo‘lsa kerak.

Endi venchur fondlari tomonidan O‘zbekiston startaplariga bo‘lgan talab aniq oshadi, chunki bungacha hamma narsa nazariy edi, hozir esa birinchi haqiqiy misol paydo bo‘ldi.

Bundan xulosa oddiy: hozir startap boshlash uchun eng yaxshi vaqt — hali bo‘sh joylar bor, hali raqobat kuchsiz va eng muhimi, hali avtomatlashtirish yoki raqamlashtirish mumkin bo‘lgan sohalar bor.

Bundan tashqari, qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari paydo bo‘ldi.

Masalan, IT Park tomonidan taqdim etilgan Startup Base — u yerda tadbirlar, resurslar, investorlar, mentorlar va boshqa ko‘plab narsalar bor.

Yana bir misol — ihamkor va uning startaplar uchun dasturi. Bu dastur bozorni chuqurroq o‘rganishga va rivojlanish yo‘nalishini aniqroq tushunishga yordam beradi.

Xullas, vaqt keldi. Keyinchalik O‘zbekistonda muvaffaqiyatli startapni ishga tushirish ancha qiyinroq bo‘ladi.

@beshtorr

#startaplar
🔥 14
7
👏 1
18 2.7K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Beshtor

3.1K
Biznes, bozor, shaxsiy investitsiyalar va texnologiya haqida. Tahlil.

Reklama yoq.

Rus tilida: @skartariss
Открыть в Telegram