avatar
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
@antikor_uzb
30.09.2025 09:06
Korrupsiyaga qarshi kurash bo'yicha Gonkongda o'tkazilgan xalqaro IT-xakatonida yoshlarimiz munosib ishtirok etdi

“Uzinfocom” ning yosh dasturchilari Gonkongda korrupsiyaga qarshi kurash sohasida IT-yondashuvlarni ishlab chiqishga bag‘ishlangan nufuzli “Coding4Integrity” Osiyo xakatonida munosib ishtirok etdi.

Qatnashchilar ishtiroki Agentlik va Gonkong Korrupsiyaga qarshi mustaqil komissiyasi hamkorligi doirasida tashkil etilgan


Jamoa ushbu tanlovda ishtirok etish imkonini Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan IT-Park, "Yangi O‘zbekiston" universiteti va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ hamkorligida korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha o'tkazilgan bu yilgi xakatonda mutlaq g'oliblik asosida qo'lga kiritgan.

Tanlov yakunida "Uzinfocom” jamoasining davlat xaridlari sohasida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga qaratilgan blokcheyn asosidagi  loyihasi eng mukammal, texnologik va amaliy jihatdan samarali deb topilgan edi.


Gonkongdagi xalqaro xakatonda esa hamyurtlarimiz UZ milliy domen ma’muriyati nomidan blokcheyn texnologiyasi asosidagi ma’lumotlarni saqlash bo‘yicha innovatsion yechimni taqdim etdi.

Bu yechim asosida raqamli servislar shaffofligi va ishonchliligini ta’minlashga qaratilgan Token.uz loyihasi yaratildi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook*|Telegram |YouTube|Instagram*|Twitter|Veb-sayt
21 4K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram