avatar
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
@antikor_uzb
14.04.2026 12:33
#qonunchilikdagi_yangiliklar
Korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun jazo choralarini kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi va Senatga yuborildi.

Ushbu hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik va jazo choralarini takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish nazarda tutilmoqda.

Shuningdek, yoshlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilanmoqda.

Jinoyat kodeksining sakkizinchi bo‘limi korrupsiyaga oid jinoyatlar atamasi bilan to‘ldirilib, u bilan 19 ta turdagi jinoiy qilmishlar korrupsiyaga oid jinoyatlar sifatida qayd etilmoqda.


“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunda korrupsiyaga oid jinoyat to‘g‘risida asosli xabar bergan shaxsga nisbatan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligini oldindan xabardor etmagan holda, intizomiy jazo choralarini qo‘llashga yo‘l qo‘yilmasligi ko‘zda tutilmoqda.

Jinoyat kodeksi esa o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan
talon-toroj qilganlik, firibgarlik
uchun hukm qilingan va jinoyat tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini to‘liq qoplamagan shaxs jazodan muddatidan ilgar
i shartli ravishda ozod qilinmasligi
ni nazarda tutuvchi norma bilan to‘ldirilmoqda.


Xuddi shunday qoida takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan yoxud juda ko‘p miqdorda pora olish, pora berish, pora olish-berishda vositachilik qilganlik uchun hukm qilingan shaxslarga nisbatan ham tatbiq etilishi belgilanyapti.

O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish va firibgarlik harakatlarini
mansab mavqeini suiiste‘mol qilish yo‘li bilan yoki xizmat mavqeidan foydalanib sodir etish
jinoyati uchun ham javobgarlik choralari og‘irlashtirilmoqda.

———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook*|Telegram |YouTube|Instagram*|Twitter|Veb-sayt
62 5.8K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram