Korrupsiya haqida xabar bergan shaxslarni rag‘batlantirish va himoya qilishning huquqiy kafolatlarini kuchaytirish maqsadida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunda korrupsiyaga oid jinoyat to‘g‘risida asosli xabar bergan shaxsga nisbatan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligini oldindan xabardor etmagan holda, intizomiy jazo choralarini qo‘llashga yo‘l qo‘yilmasligi ko‘zda tutilmoqda.
Jinoyat kodeksi esa o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan
talon-toroj qilganlik, firibgarlik uchun hukm qilingan va jinoyat tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini to‘liq qoplamagan shaxs jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilinmasligini nazarda tutuvchi norma bilan to‘ldirilmoqda.
Xuddi shunday qoida takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan yoxud juda ko‘p miqdorda pora olish, pora berish, pora olish-berishda vositachilik qilganlik uchun hukm qilingan shaxslarga nisbatan ham tatbiq etilishi belgilanyapti.
O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan
talon-toroj qilish va firibgarlik harakatlarini mansab mavqeini suiiste’mol qilish yo‘li bilan yoki xizmat mavqeidan foydalanib sodir etish jinoyati uchun ham javobgarlik choralari og‘irlashtirilmoqda.
Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi va Senatga yuborildi.
Veb-sayt |
Telegram |
Facebook*| YouTube |
Instagram*| X |
ParlamentTV_RADIO |
Yoshlar parlamenti
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram