avatar
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
@antikor_uzb
27.03.2026 16:48
"Aksilkorrupsiya xakatoni - 2026"ga start berildi

24-25-26 aprel kunlari "Sarbon" universitetida “Aksilkorrupsiya xakatoni - 2026" bo‘lib o‘tadi.

Unda ishtirokchilar ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda korrupsiyaga qarshi innovatsion yechimlar ishlab chiqish imkoniga ega bo'ladi.

Ma'lumot uchun: Bu yilgi xakaton
"Sarbon" universiteti, Raqamli texnologiyalar vazirligi, "Oʻzmetkombinat" AJ, IT Park
hamkorligida tashkil qilinmoqda.


Yo‘nalishlar:

- davlat xaridlari, sog'liqni saqlash, sport, qurilish, ta'lim kabi sohalarda korrupsiyaning oldini olish;

- korrupsiyaga qarshi kurashishga aholi va yoshlarni jalb etish;

- ochiq ma'lumotlar orqali korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan boshqa yondashuvlar.

Xakatonda 18-35 yoshdagi turli soha vakillari (2 yoki 3 kishilik) jamoaviy holda ishtirok etishi mumkin.

Xakaton qoidalari bilan batafsil ushbu havolada tanishing.

Tayyorlov vebinari: 10-aprel

Xakatonda ishtirok etish uchun 20-aprelga qadar ushbu havola orqali ro'yxatdan o'tish lozim.

G’olib jamoalar qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlanadi.

Ma'lumot o'rnida:
O‘tgan yilgi xakatonning
mutlaq g‘olibi — “Uzinfocom”
kompaniyasining yosh dasturchilari jamoasi
Gonkong
da o‘tkazilgan nufuzli
“Coding4Integrity” Osiyo xakatoni
da ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi va
mazkur tanlovda
munosib ishtirok etdi.

———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
419 30.9K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram