avatar
Andijon davlat texnika instituti | Rasmiy kanali
@andtexnika
сегодня, 13:35


2027-YIL UCHUN TAYANCH DOKTORANTURAGA QABUL

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori hamda tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq, Andijon davlat texnika institutida 2027-yil uchun davlat budjeti mablag‘lari hisobidan tayanch doktoranturaga (PhD) qabul kvotalari tasdiqlandi.

Tayanch doktorantura (PhD) bo‘yicha:

01.04.10 — Yarimo‘tkazgichlar fizikasi — 1 ta
02.00.13 — Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi — 2 ta
03.00.10 — Ekologiya — 1 ta
05.01.08 — Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish — 1 ta
05.02.01 — Mashinasozlikda materialshunoslik, quymachilik, metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi — 1 ta
05.02.02 — Mexanizmlar va mashinalar nazariyasi. Mashinashunoslik va mashina detallari — 2 ta
05.02.04 — Standartlashtirish va mahsulotlar sifatini boshqarish — 2 ta
05.05.02 — Elektrotexnika. Elektr energiyasi stansiyalari, tizimlari. Elektrotexnik majmualar va qurilmalar — 1 ta
05.05.06 — Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari — 1 ta
05.08.06 — G‘ildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish — 2 ta
05.09.05 — Qurilish materiallari va buyumlari — 1 ta

Jami: 15 ta o‘rin

2027-YIL UCHUN STAJYOR-TADQIQOTCHILIKKA QABUL

Andijon davlat texnika institutida 2027-yil uchun davlat budjeti mablag‘lari hisobidan stajyor-tadqiqotchilikka qabul kvotalari ham tasdiqlandi.

Stajyor-tadqiqotchilik bo‘yicha:

02.00.13 — Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi — 1 ta
03.00.10 — Ekologiya — 1 ta
05.05.02 — Elektrotexnika. Elektr energiyasi stansiyalari, tizimlari. Elektrotexnik majmualar va qurilmalar — 1 ta
05.05.06 — Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari — 1 ta
05.09.05 — Qurilish materiallari va buyumlari — 1 ta

Jami: 5 ta o‘rin

📅 MUHIM SANA


Hujjatlarni qabul qilish muddati:
2026-yil 15-sentabrdan 15-oktabrgacha

Hujjatlar Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtirishning Yagona elektron tizimi orqali qabul qilinadi.

Qabul jarayoni, ixtisosliklar bo‘yicha imtihon dasturlari, ilmiy tadqiqot ishi taqdimotiga qo‘yiladigan talablar hamda boshqa ma’lumotlar institutning rasmiy axborot kanallarida e’lon qilib boriladi.

Andijon davlat texnika instituti
Ilmiy tadqiqotlar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi

Batafsil ma’lumot uchun: +998772629097

Bizni kuzatishda davom eting!
Telegram |
Facebook* |
Instagram* |
YouTube
4 363
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Andijon davlat texnika instituti | Rasmiy kanali
@andtexnika
сегодня, 12:35
#Qabul_2026
#Texnikum_bitiruvchilari

Andijon davlat texnika institutida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlab, institutda tahsil olish istagini bildirgan bitiruvchilar uchun suhbat jarayonlari davom etmoqda.

Bugun Arxitektura, Geodeziya va geoinformatika, Kadastr hamda Qurilish muhandisligi ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlar bilan suhbat o‘tkazildi.

Suhbat davomida abituriyentlarning tanlagan sohasi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari, shuningdek, umumiy bilim darajasi komissiya a’zolari tomonidan sinovdan o‘tkazildi.

Jarayonlar xolis, shaffof va ochiq tarzda tashkil etilib, abituriyentlarning ota-onalari hamda yaqinlari tomonidan kuzatib borildi.

Suhbat jarayonlarining shaffofligi va xolisligini ta’minlash maqsadida Korrupsiyaga qarshi institut komplayens bo‘limi vakillari tomonidan ham kuzatuv olib borildi.

Suhbat natijalari kanalimiz orqali e’lon qilinadi.

Bizni kuzatishda davom eting!
Telegram |
Facebook* |
Instagram* |
YouTube
375
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Andijon davlat texnika instituti | Rasmiy kanali
@andtexnika
сегодня, 11:53
DOLZARB MAVZU | YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK YUZASIDAN OTM REKTORLARI BILAN SUHBAT

Andijon davlat texnika instituti rektori Umid Turdialiyev institutning 2026/2027-o‘quv yilida oldiga qo‘ygan ustuvor maqsad va vazifalari, yangi o‘quv yilida ochilgan ta’lim yo‘nalishlari hamda qo‘shma ta’lim dasturlari haqida fikr bildirdi.

Shuningdek, rektor yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari, ta’lim sifatini yanada oshirish, talabalar uchun yaratilayotgan sharoitlar va institut oldida turgan muhim vazifalar haqida ma’lumot berdi.

Bizni kuzatishda davom eting!
Telegram |
Facebook* |
Instagram* |
YouTube
👏 1
🎉 1
3 490
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Andijon davlat texnika instituti | Rasmiy kanali
@andtexnika
сегодня, 05:43
#Qabul_2026
#Texnikum_bitiruvchilari

Andijon davlat texnika institutida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlab, institutda tahsil olish istagini bildirgan bitiruvchilar uchun suhbat jarayonlari davom etmoqda.

Bugun Logistika, Transport vositalari muhandisligi hamda Yo‘l muhandisligi ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlar bilan suhbat o‘tkazildi.

Suhbat jarayonida abituriyentlarning tanlagan sohasi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari, shuningdek, umumiy bilim darajasi komissiya a’zolari tomonidan sinovdan o‘tkazildi.

Jarayonlar xolis, shaffof va ochiq tarzda tashkil etilib, abituriyentlarning ota-onalari hamda yaqinlari tomonidan kuzatib borildi.

Suhbat jarayonlarining shaffofligi va xolisligini ta’minlash maqsadida Korrupsiyaga qarshi institut komplayens bo‘limi vakillari tomonidan ham kuzatuv olib borildi.

Suhbat natijalari kanalimiz orqali e’lon qilinadi.

Bizni kuzatishda davom eting!
Telegram |
Facebook* |
Instagram* |
YouTube
2
8 648
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Andijon davlat texnika instituti | Rasmiy kanali

5.4K
Andijon davlat texnika instituti/
Андижанский государственный технический институт/
Andijan State Technical Institute

Rektor qabulxonasi:+998-74-223-43-67.
Открыть в Telegram