avatar
Andijon davlat texnika instituti | Rasmiy kanali
@andtexnika
сегодня, 12:35
#Qabul_2026
#Texnikum_bitiruvchilari

Andijon davlat texnika institutida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlab, institutda tahsil olish istagini bildirgan bitiruvchilar uchun suhbat jarayonlari davom etmoqda.

Bugun Arxitektura, Geodeziya va geoinformatika, Kadastr hamda Qurilish muhandisligi ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlar bilan suhbat o‘tkazildi.

Suhbat davomida abituriyentlarning tanlagan sohasi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari, shuningdek, umumiy bilim darajasi komissiya a’zolari tomonidan sinovdan o‘tkazildi.

Jarayonlar xolis, shaffof va ochiq tarzda tashkil etilib, abituriyentlarning ota-onalari hamda yaqinlari tomonidan kuzatib borildi.

Suhbat jarayonlarining shaffofligi va xolisligini ta’minlash maqsadida Korrupsiyaga qarshi institut komplayens bo‘limi vakillari tomonidan ham kuzatuv olib borildi.

Suhbat natijalari kanalimiz orqali e’lon qilinadi.

Bizni kuzatishda davom eting!
Telegram |
Facebook* |
Instagram* |
YouTube
375
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Andijon davlat texnika instituti | Rasmiy kanali

5.4K
Andijon davlat texnika instituti/
Андижанский государственный технический институт/
Andijan State Technical Institute

Rektor qabulxonasi:+998-74-223-43-67.
Открыть в Telegram