avatar
Andijon davlat texnika instituti | Rasmiy kanali
@andtexnika
сегодня, 13:35


2027-YIL UCHUN TAYANCH DOKTORANTURAGA QABUL

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori hamda tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq, Andijon davlat texnika institutida 2027-yil uchun davlat budjeti mablag‘lari hisobidan tayanch doktoranturaga (PhD) qabul kvotalari tasdiqlandi.

Tayanch doktorantura (PhD) bo‘yicha:

01.04.10 — Yarimo‘tkazgichlar fizikasi — 1 ta
02.00.13 — Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi — 2 ta
03.00.10 — Ekologiya — 1 ta
05.01.08 — Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish — 1 ta
05.02.01 — Mashinasozlikda materialshunoslik, quymachilik, metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi — 1 ta
05.02.02 — Mexanizmlar va mashinalar nazariyasi. Mashinashunoslik va mashina detallari — 2 ta
05.02.04 — Standartlashtirish va mahsulotlar sifatini boshqarish — 2 ta
05.05.02 — Elektrotexnika. Elektr energiyasi stansiyalari, tizimlari. Elektrotexnik majmualar va qurilmalar — 1 ta
05.05.06 — Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari — 1 ta
05.08.06 — G‘ildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish — 2 ta
05.09.05 — Qurilish materiallari va buyumlari — 1 ta

Jami: 15 ta o‘rin

2027-YIL UCHUN STAJYOR-TADQIQOTCHILIKKA QABUL

Andijon davlat texnika institutida 2027-yil uchun davlat budjeti mablag‘lari hisobidan stajyor-tadqiqotchilikka qabul kvotalari ham tasdiqlandi.

Stajyor-tadqiqotchilik bo‘yicha:

02.00.13 — Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi — 1 ta
03.00.10 — Ekologiya — 1 ta
05.05.02 — Elektrotexnika. Elektr energiyasi stansiyalari, tizimlari. Elektrotexnik majmualar va qurilmalar — 1 ta
05.05.06 — Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari — 1 ta
05.09.05 — Qurilish materiallari va buyumlari — 1 ta

Jami: 5 ta o‘rin

📅 MUHIM SANA


Hujjatlarni qabul qilish muddati:
2026-yil 15-sentabrdan 15-oktabrgacha

Hujjatlar Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtirishning Yagona elektron tizimi orqali qabul qilinadi.

Qabul jarayoni, ixtisosliklar bo‘yicha imtihon dasturlari, ilmiy tadqiqot ishi taqdimotiga qo‘yiladigan talablar hamda boshqa ma’lumotlar institutning rasmiy axborot kanallarida e’lon qilib boriladi.

Andijon davlat texnika instituti
Ilmiy tadqiqotlar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi

Batafsil ma’lumot uchun: +998772629097

Bizni kuzatishda davom eting!
Telegram |
Facebook* |
Instagram* |
YouTube
4 363
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Andijon davlat texnika instituti | Rasmiy kanali

5.4K
Andijon davlat texnika instituti/
Андижанский государственный технический институт/
Andijan State Technical Institute

Rektor qabulxonasi:+998-74-223-43-67.
Открыть в Telegram