#Qabul_2026
#Texnikum_bitiruvchilari
Andijon davlat texnika institutida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlab, institutda tahsil olish istagini bildirgan bitiruvchilar uchun suhbat jarayonlari davom etmoqda.
Bugun
Logistika, Transport vositalari muhandisligi hamda Yo‘l muhandisligi ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlar bilan suhbat o‘tkazildi.
Suhbat jarayonida abituriyentlarning tanlagan sohasi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari, shuningdek, umumiy bilim darajasi komissiya a’zolari tomonidan sinovdan o‘tkazildi.
Jarayonlar
xolis, shaffof va ochiq tarzda tashkil etilib, abituriyentlarning ota-onalari hamda yaqinlari tomonidan kuzatib borildi.
Suhbat jarayonlarining shaffofligi va xolisligini ta’minlash maqsadida
Korrupsiyaga qarshi institut komplayens bo‘limi vakillari tomonidan ham kuzatuv olib borildi.
Suhbat natijalari kanalimiz orqali e’lon qilinadi.
Bizni kuzatishda davom eting!
Telegram | Facebook* | Instagram* | YouTube
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram