avatar
Qishloq xo'jaligi sug'urtasi jamg'armasi
@agrosafeuz
01.06.2026 11:50
#hamkorlik

🇺🇿🤝🇮🇹 Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi tizimini rivojlantirish bo‘yicha xalqaro hamkorlik kengaymoqda

🌱 Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi vakillari Italiya Respublikasida AGEA va IFAD vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

✅ Muzokaralar davomida subsidiyalash tizimini takomillashtirish, agrar sug‘urta sohasida xalqaro tajribani joriy etish hamda raqamli yechimlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

🤝 Shuningdek, italiyalik ekspertlar Simone Severini va Andrea Stoppa bilan mutaxassislar uchun online hamda offline o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etish, tizimni yanada rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik kelishuviga erishilindi.

✅ IFAD vakillari bilan istiqboldagi qo‘shma loyihalar, grant dasturlari va investitsiyalarni jalb etish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

✅ Mazkur hamkorlik qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi tizimini takomillashtirish va xalqaro tajribalarni amaliyotga keng joriy etishga xizmat qiladi.

QISHLOQ XO‘JALIGI SUG‘URTASI JAMGʻARMASI
telegram | facebook*
👍 2
1 167
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Qishloq xo'jaligi sug'urtasi jamg'armasi
@agrosafeuz
01.06.2026 05:07
#Тезкор #СEЛ_КEЛАДИ

❗️2–5 июнь кунлари тоғли ва тоғ олди ҳудудларда сел хавфи эълон қилинди

Кутилаётган кучли ёмғирлар сабаб Қашқадарё, Сурхондарё, Самарқанд, Навоий, Жиззах, Тошкент, Наманган, Фарғона ва Андижон вилоятларининг айрим туманларида сел-сув тошқинлари юзага келиши мумкин.

🌱 Ҳосил суғуртаси — молиявий хавфларни камайтириш ва меҳнатингизни ҳимоя қилишнинг энг ишончли йўли.

ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ СУҒУРТАСИ ЖАМҒАРМАСИ
telegram | facebook*
🔥 1
1 223
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Qishloq xo'jaligi sug'urtasi jamg'armasi
@agrosafeuz
27.05.2026 01:01
Qurbon Hayiti muborak bo‘lsin! 🌙

Yurtimizga tinchlik, xonadonlaringizga fayz-u baraka tilaymiz.


QISHLOQ XO‘JALIGI SUG‘URTASI JAMGʻARMASI
telegram | facebook*
👏 1
13 1.6K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Qishloq xo'jaligi sug'urtasi jamg'armasi
@agrosafeuz
19.05.2026 10:42
Toshkent davlat agrar universitetida tashkil etilgan 14 kunlik maxsus o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan 66 nafar mustaqil ekspertlikka nomzodlar bilan Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi direktori Murodjon Achilov ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida agrar sug‘urta tizimida mustaqil ekspertlarning o‘rni, sohada malakali kadrlarni tayyorlash hamda ekspertiza jarayonlarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, nomzodlarning bilim va ko‘nikmalari yuzasidan suhbat o‘tkazilib, ularga kelgusidagi faoliyati bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Tadbir yakunida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan nomzodlarga belgilangan tartibda guvohnomalar topshirildi. Mazkur tashabbus agrar sug‘urta tizimida professional va malakali mustaqil ekspertlar korpusini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

QISHLOQ XO‘JALIGI SUG‘URTASI JAMGʻARMASI
telegram | facebook*
👏 5
1
20 507
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Qishloq xo'jaligi sug'urtasi jamg'armasi
@agrosafeuz
14.05.2026 11:54
Гидрометеорология хизмати агентлиги 15-22 май кунлари сел-сув тошқин ҳодисалари юзага келишидан огоҳлантирмоқда

Ўзбекистон Республикаси Гидрометеорология хизмати агентлиги маълум қилишича, жорий йилнинг 15-22 май кунлари кутилаётган ёмғирлар сабабли тоғолди ва тоғли ҳудудларда, жумладан:

Қашқадарё вилояти Яккабоғ, Деҳқонобод, Чироқчи, Китоб, Шаҳрисабз, Қамаши, Ғузор туманларида;

Сурхондарё вилояти Сариосиё, Узун, Олтинсой, Денов, Бойсун, Шеробод, Шўрчи, Қумқўрғон, Музработ туманларида;

🌱 Ҳосил суғуртаси — молиявий хавфларни камайтириш ва меҳнатингизни ҳимоя қилишнинг энг ишончли йўли.

📌 Ҳозирдан чора кўринг — ҳосилингизни суғурта қилинг

ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ СУҒУРТАСИ ЖАМҒАРМАСИ
telegram | facebook*
👍 2
6 374
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Qishloq xo'jaligi sug'urtasi jamg'armasi
@agrosafeuz
09.05.2026 02:03
9-may — Xotira va qadrlash kuni

Bu sana — yurtimiz tinchligi va bugungi osoyishta hayot yo‘lida fidokorona xizmat qilgan, Vatan ozodligi uchun kurashgan ajdodlarimiz xotirasiga yuksak hurmat va ehtirom ko‘rsatish kunidir.

Xotira abadiy, qadriyatlar muqaddasdir!

QISHLOQ XO‘JALIGI SUG‘URTASI JAMGʻARMASI
telegram | facebook*
👍 1
1 374
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Qishloq xo'jaligi sug'urtasi jamg'armasi
@agrosafeuz
08.05.2026 12:01
🇺🇿🤝🇦🇿 Ozarbayjonda “Xatarlarga qarshi agrar sug‘urta qalqoni” mavzusida xalqaro forum bo‘lib o‘tdi

Boku Davlat Universitetida tashkil etilgan xalqaro forumda iqlim o‘zgarishining qishloq xo‘jaligiga ta’siri, tabiiy ofatlar xavfi hamda agrar sug‘urtaning ahamiyati keng muhokama qilindi.

Forumda ta’kidlanganidek, do‘l, sel, qurg‘oqchilik, sovuq urishi va kuchli shamol kabi tabiiy xavflar fermerlar faoliyatiga jiddiy zarar yetkazmoqda. Shu bois agrar sug‘urta tizimi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini himoya qilishning muhim mexanizmi sifatida e’tirof etildi.

Tadbirda Ozarbayjon va xalqaro tashkilotlar vakillari, shuningdek, O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi direktori Murodjon Achilov ishtirok etdi. Muhokamalarda mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirish, zamonaviy sug‘urta mexanizmlarini rivojlantirish hamda sun’iy yo‘ldosh monitoringi va raqamli texnologiyalarni joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

QISHLOQ XO‘JALIGI SUG‘URTASI JAMGʻARMASI
telegram | facebook*
👍 1
2 242
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Qishloq xo'jaligi sug'urtasi jamg'armasi

175
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI HUZURIDAGI QISHLOQ XO‘JALIGI SUG‘URTASI JAMG‘ARMASI

rasmiy telegram kanal: @agrosafeuz
rasmiy pochta: if@agro.uz

📍Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasi, 8-uy
Открыть в Telegram